Super Mario Run o‘yini doimiy internet ulanishini talab etadi

Super Mario Run o‘yini doimiy internet ulanishini talab etadi

Bundan bir necha hafta ilgari afsonaviy Super Mario Run o‘yini joriy yilning 15 dekabr kuni iOS platformasi uchun chiqarilishi haqida xabar bergan edik.  Kuni kecha mazkur o‘yin borasida boshqa tafsilotlar ham e’lon qilindi.

Jumladan, xabarda aytilishicha Super Mario Run o‘yinining mobil versiyasi internetga doimiy ulanishni talab etar ekan. Bu haqda ushbu o‘yinning geym-dizayneri hisoblangan Sigeru Miyamoto Mashable nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

O‘yinning xavfsizligini ta’minlash va uni qaroqchilardan himoya qilish maqsadida mualliflar shunday rejimni tanlashni ma’qul ko‘rishgan. Bundan tashqari, internet ulanishi orqali o‘yindagi rejimlarni ham o‘zaro (World Tour, Toad Rally va Kingdom Builde) sinxronlash mumkin bo‘ladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!