SwiftKey klaviaturasiga GIF va stikerlar qo‘shildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1539
  •  17.03.2018 16:44

SwiftKey klaviaturasiga GIF va stikerlar qo‘shildi! (+video)

Ilg‘or klaviaturasi bilan mashhur bo‘lgan SwiftKey dasturchilar jamoasi iOS hamda Android operatsion tizimlari boshqaruvi ostidagi mobil qurilmalar uchun ilovaning yangi talqinini taqdim etdi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashlaricha, bu – 2016 yilning aprelida loyihani Microsoft sotib olganidan beri amalga oshirilgan eng yirik yangilanishidir.

O‘QING: Eng keng tarqalgan bu Android-klaviatura josus ekan!

Swiftkey 7.0 talqinida mavzular, almashtirish buferi va boshqalariga oson o‘tish uchun yangicha jihozlar paneli mavjud. Shuningdek, bu klaviaturaga stiker/emodzilar ham kiritilgan va matnga GIPHY saytidan GIF-animatsiyalar qo‘shish imkoni taqdim etilgan.

Bulardan tashqari, foydalanuvchi Swiftkey orqali suhbatdoshlariga o‘z joylashuv ma’lumotlarini va taqvim (kalendar)dagi voqealarni uzata oladi.

Mana, uning imkoniyatlarini quyidagi videolavhada tomosha qilamiz:

SwiftKey Keyboard ilovasini iOS-devayslar uchun ushbu havola, Android-gadjetlar uchun esa mana bu havola orqali bepul o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Ekrandagi videoni GIF formatida saqlaymiz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!