Sylvania Smart Multicolor A19 – Siri orqali boshqariladigan lampa

Sylvania Smart Multicolor A19 – Siri orqali boshqariladigan lampa

Ledvance kompaniyasi Apple HomeKit platformasini qo‘llab-quvvatlaydigan Sylvania Smart Multicolor A19 nomli aqlli lampani yaratdi. Lampani Siri ovozli assistenti yoki Apple Home ilovasi yordamida boshqarish mumkin, deb xabar bermoqda IXBT sayti. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, ushbu funksiyalardan foydalanish uchun lampaga HomeKit konsentratorini o‘rnatish talab etilmaydi.

Bluetooth interfeysi bilan jihozlangan lampani ishlatish uchun uni istalgan chiroqqa o‘rnatish va Home ilovasi bilan sinxronlash kifoya. Shuningdek, lampani aqlli uyning boshqa komponentlari bilan bog‘lash mumkin.

Sylvania Smart Multicolor A19 sotuvi 2017 yilning birinchi choragida boshlanadi. Ledvance kelgusi yil davomida bunday lampa turlarini ko‘paytirishni rejalashtirgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.