Tadqiqot: insonlar yilning yetti haftasini gadjet ekraniga qarash bilan o‘tkazadi

Tadqiqot: insonlar yilning yetti haftasini gadjet ekraniga qarash bilan o‘tkazadi

TNS xalqaro kompaniyasining Avstraliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot doirasida foydalanuvchilar elektron devaysga qancha vaqt sarflashi aniqlandi, deb xabar beradi Sof.uz.

16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan kishilar mobil qurilmalarga juda bog‘lanib qolgan. Ular o‘z smartfonlaridan kuniga 3,2 soatga yaqin foydalanadi, bu esa yiliga 49 kun yoki yetti haftani tashkil etadi.

Foydalanuvchilar o‘z gadjetini kuniga o‘rtacha 150 marta tekshiradi. Kishilarning 63 foizi har kuni ijtimoiy mediadan foydalanadi, qolgan yarmi esa onlayn videoni tomosha qiladi. Smartfon egasi qurilmalarga o‘rtacha 60—70 tagacha dastur o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, o‘nga yaqin dasturdan muntazam foydalanadi.

Katta yoshdagi kishilar, 46 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan kishilar guruhi smartfonlarga kuniga 1,5 soat vaqt sarflaydi. Har kuni ularning 24 foizi ijtimoiy tarmoqlarga tashrif buyuradi. Televizor, gazeta va radio uchun esa kuniga 3 soat vaqt sarflaydi.

TNS Avstraliya bo‘limi ijrochi direktori Alister Litvudning so‘zlab berishicha, tadqiqot qatnashchilarining uchdan biri o‘z kunini internet bilan boshlab, internet bilan yakunlaydi.

U foydalanuvchilarni gadjetlarni tez-tez chetga olib qo‘yib, real dunyodagi do‘stlar va qarindoshlar bilan muloqot qilishga chaqirdi.