Tadqiqotchilarimiz don tozalash mashinasini ixtiro qilishdi

Tadqiqotchilarimiz don tozalash mashinasini ixtiro qilishdi

Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot instituti xodimlari don tozalash mashinasini ixtiro qildilar.

Ushbu ixtiro qishloq xo‘jaligi mashinasozligida qo‘llanilib, don tozalash sifatini oshirishga imkon beradi. Don tozalash mashinasi tarkibiga yuklovchi moslama, havo kanali, ustki va pastki g‘alvirlarga ega bo‘lgan hamda parrakli va artuvchi valiklar bilan ta’minlangan yarusli panjarali stanlar kiradi. Yuklovchi moslama tagida uzatuvchi g‘o‘la o‘rnatilgan bo‘lib, uning elastik materialdan bajarilgan ishchi yuzasida shaxmat tartibida chuqurchalar joylashtirilgan, deya xabar beradi Intellektual mulk agentligining matbuot xizmati.

Mualliflar – Astanaqulov Komil, Karimov Mahmud, Ochildiyev Otabek va Karimov Yoqublarga ushbu ixtiro uchun patent berildi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.