Tayyor so‘z va gaplardan iborat iOS klaviatura yaratildi

Tayyor so‘z va gaplardan iborat iOS klaviatura yaratildi

Rossiyaning Moskva shahrida istiqomat qiluvchi Vladimir Guriyev ismli dasturchi iOS platformasi uchun mo‘ljallangan Fast Keyboard nomli klaviaturani ishlab chiqdi. TJournal nashrining yozishicha, klaviatura yaqin insonlar va tanishlar bilan tezkor muloqot qilishga ko‘maklashadigan tayyor so‘z va iboralarda tashkil topgan.

Guriyevning ta’kidlashicha, bunday klaviatura an’anaviy klaviaturalarga qaraganda bir muncha vaqtni tejashga yordam berish bilan birga, suhbat davomida foydalanvchilarga qo‘shimcha qulaylik ham yaratadi. Shuningdek, dasturchi bunday tayyor so‘zlardan iborat klaviaturani stikerlarga qiyosladi, biroq stikerlar, dasturchining fikricha, suhbatdoshlar tomonidan unchalik ham jiddiy qabul qilinmaydi.

Klaviaturada so‘z va gaplar, shu bilan birga, panellar ro‘yxatini ham tahrirlash mumkin. Qo‘shimcha so‘z va iboralarni qo‘shish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Klaviaturada jami 15 ta panel mavjud. Bitta ekranda 4 ta klaviatura joylashadi. Ilova 149 rubl narxida sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!