Tanishing: Intel’dan ilk diskretli video karta

  •   Saroy
  •  1315
  •  13.06.2018 18:24

Tanishing: Intel’dan ilk diskretli video karta

O‘tgan yili Intel  AMDda Radeon loyihasi ustuda ish olib borayotgan guruh rahbari Raja Kodurini o‘z tomoniga og‘dirib olgach, kompaniyaning ilk videokartasini ishlab chiqarish masalasi uzil-kesil hal bo‘lgandi. Mana nihoyat bu haqda rasman e’lon qilindi: Intel o‘zining ilk diskretli  GPU’sini 2020 yilda sotuvga chiqaradi.

Intel’ning ijrochi direktori  Navin Shonay o‘tgan hafta tahlilchilar bilan uchrashuvda ta’kidladiki, kompaniya ham server yechimi bo‘yicha, ham mijoz yechimi (oddiy mijoz va professional foydalanuvchi) bo‘yicha izlanish olib bormoqda.  Intel, qaysi bozorga mo‘ljallab ish qilyapti, hozircha noma’lum bo‘lib turibdi, lekin nima bo‘lganda ham,  NVIDIA va AMD’ning xushyor tortadigan vaqt keldi, chamasi.

O‘QING: Sun’iy ong: Microsoft’ning uyqusini qochirgan chiplar

Tahlilchilarning fikricha, 2020 yilgacha o‘z mahsulotini chiqara olsa, Intel uchun haqiqiy yutuq bo‘ladi. O‘tgan yili noyabrda kompaniya Raja Kodurini yollaganini hamda  «Core and Visual Computing», deb  nomlanuvchi yangi bo‘limni ochganini e’lon qilganda,  Intel amalda hammasini noldan boshlagan edi. Garchi, kompaniyaning integratsilashtirilgan grafikli yechimidan millionlab qurilmalar ko‘p yillar mobaynida foydalanayotgan bo‘lsa-da, ular ish samaradorligi bo‘yicha diskret kartalarining ishlash samaradorligiga yaqin ham kela olgani yo‘q.

Shu bois ham Intel qachonlardir  Core protsessorlar lineykasida Radeon grafikli protsessorini integratsiyalash uchun AMD bilan birlashgan edi. Bu esa, yupqa va yengil mashinada o‘yin samaradorligini oshirishni ta’minladi. Garchi, bu hamkorlik avval boshdanoq kutilmagan holat bo‘lib ko‘ringan bo‘lsa-da, aslida  bu,  Intelning grafikli protsessorini ishlab chiqarishni boshlagunga qadar vaqtinchalik qarori bo‘lgan ekan.

O‘QING: Intel'ni ortda qolirmoqchi bo‘lgan brend

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.