Tanlang: Premium yoki yanada ko'p reklamalar?

Tanlang: Premium yoki yanada ko'p reklamalar?

O'tgan yilning oktabr oyi oxirlarida Telegram o'z xarajatlarini qoplash uchun platformada reklama berish imkoniyatini yaratgan edi. Noyabr oyidan boshlab (mingdan ortiq obunachiga ega) deyarli barcha Telegram kanallarida rasmiy reklamalar paydo bo'la boshladi. O'sha paytlar Telegram reklamalar orqali topgan daromadini kanal egalari bilan bo'lishishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Biroq, bular mish-mishligicha qolib ketti, reklamalar esa endi kanallardagi postlar orasida ham chiqishni boshlamoqda.

Kompyuter uchun Telegram dasturi kod manbasiga posts_between parametri qo'shilgani aniqlandi. Ma'lum bo'lishicha, bu Telegram kanallaridagi postlar orasida ham reklama ko'rsatilishini anglatadi, ya'ni siz tez orada nafaqat kanaldagi oxirgi postdan keyin, balki postlar orasida ham reklamalar ko'rishni boshlaysiz.

Ta'kidlash joizki, bugungacha reklamalar faqat kanal xabarlarini o'qib bo'lganingizda, oxirgi xabardan so'ng paydo bo'lar edi.

Hozircha reklamalar postlar orasida paydo bo'lganicha yo'q, lekin bu tez kunda amalga oshirilishi aniq. Boshqa ijtimoiy tarmoqlardan farqli o'laroq Telegram reklamalari unchalik sezilarli emas, lekin ularni ko'rishni xohlamasangiz istalgan vaqt reklamalarni o'chirish imkonini beradigan Telegram Premium obunasiga ulanib olishingiz mumkin.  

O'QING: Telegram'ning navbatdagi yangilanishi chiqarildi va u topiklar, kolleksiyalanadigan foydanlanuvchi nomlari va boshqa yangi funksiyalarni o'z ichiga oladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!