Taqdim etilmagan Pixel XL 2’ning yangi suratlari chiqdi

  •   DiMaX
  •  1028
  •  03.10.2017 12:01

Taqdim etilmagan Pixel XL 2’ning yangi suratlari chiqdi

Ertaga – 4 oktyabr kuni Google kompaniyasi o‘zining Pixel 2 va Pixel XL 2 smartfonlarini rasman namoyish qilishi rejalashtirilgan. Ammo taniqli insayder Evan Blass taqdimotdan bir kun oldin Pixel XL 2 fabletining yangi, sifatli suratlarini e’lon qildi.

Yangi renderlarga ko‘ra, mazkur flagman hozirda urfda bo‘lgani kabi romsiz displeyga ega, ammo bu tavsif nisbiy xarakterga ega – uning yuqori va pastki qismidagi romlarni yupqa deyish qiyin. Ekran tomonlarining o‘zaro nisbati esa 18:9 ni tashkil etadi.

Bundan tashqari, Pixel XL 2 smartfonining old qismida ikkita dinamik mavjud. Shuningdek, suratlarga ishonsak, Google launcherining dizayni ham birmuncha o‘zgarganini ko‘ramiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Google Pixel 2 modelining displeyi oddiy, ammo dizayni Pixel XL 2 fabletinikiga o‘xshash bo‘ladi.

Manbaning xabar berishicha, har ikkala smartfon ham ichki flesh-xotirasining hajmiga ko‘ra ikki xil – 64 va 128 gigabaytlik talqinlarda ishlab chiqariladi.

Pixel 2 modelining 64 va 128 gigabaytlik talqinlari tegishlicha 650 va 750 AQSh dollariga narxlangan bo‘lib, 19 oktyabrda savdoga chiqarilishi aytilgan.  Pixel XL 2 fabletining narxlari esa tegishlicha 850 hamda 950 dollarni tashkil etadi. U kichkina «ukasi»dan sal keyinroq – 15 noyabrda sotuvga qo‘yiladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!