Taqdimot kuni aniq Mi7'ning narxi va barcha talqini fosh bo‘ldi

Taqdimot kuni aniq Mi7'ning narxi va barcha talqini fosh bo‘ldi

Xiaomi Mi MIX 2S smartfoni taqdimotidan keyin jurnalistlar diqqat e’tibori "xitoylik Olma"ning boshqa flagmaniga qaratildi. Shu yaqin kunlar ichida taqdimoti bo‘lib o‘tishi kutilayotgan bu smartfon modeli kompaniya uchun yilning hal qiluvchi flagmani bo‘ladi.

Gap Xiaomi Mi 7 nomli ilg‘or va raqiblaridan birmuncha arzon smartfon modeli to‘g‘risida ketmoqda. Kecha internet tarmog‘ida bo‘lajak smartfon to‘rt xil rangdagi korpusda namoyon bo‘ladi. Shu bilan birga, uning tashqi ko‘rinishi hamda taqdimot kuni haqida ham aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoni tug‘ildi.

Mazkur brend yangiliklarini muntazam va aniq yoritishi bilan mashhur bo‘lgan Xiaomitoday nashrining ma’lum qilishicha, Xiaomi Mi 7 aks etgan suratlar haqiqiy. Manbaning qayd etishicha, xaridorlar ushbu mobil aloqa qurilmasini to‘rt xil rangda – titan, jigar, ko‘k hamda qora rangdagi korpuslarda xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Smartfonning titan, jigar, ko‘k rangdagi korpus talqinlarining orqa paneli shishadan tayyorlangan bo‘lsa, qora rangdagi korpusning orqa paneli metalldan ishlangan. Qora talqin nisbatan soddaroq bo‘lishi bilan birga, simsiz quvvat olish texnologiyasidan ham mahrum qilinganligi aytilmoqda.

Xiaomi mazkur flagmanini ham ikki talqinda – Mi 7 hamda Mi 7 Pro talqinlarida ishlab chiqaradi. Bir muddat avval uning raqibi bo‘lgan Huawei kompaniyasi ham ana shu siyosatni qo‘llagan edi. Bundan kelib chiqadiki, birinchi talqin odmi va arzonroq, ikkinchi talqin esa birmuncha ilg‘or jihatlar bilan ta’minlanadi.

Xiaomi Mi 7'dagi ahamiyatli texnologiyalar qatorida foydalanuvchi yuzini skaneri qilish texnologiyasini keltirish mumkin. U kechasi ham o‘z vazifasini qiynalmay bajaradi. Shu bilan birga, foydalanuvchilarga ekranga joylashtirilgan virtual skaner texnologiyasi ham taqdim qilinadi.

Xiaomi Mi 7 telefonining talqinlaridan biri eng kuchli hisoblangan 8 yadroli Snapdragon 845 chipsetiga ega bo‘ladi. Bu protsessorning chastota tezligi 2,8 GGs, unga Adreno 630 video kartasi o‘rnatilgan. Shu bilan birga chipdagi X20 LTE modemi aloqa tarmog‘iga soniyasiga 1,2 Gbit tezligida ulanish imkonini beradi.

Xiaomi Mi 7 smartfondagi 4480 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyator batareya tezkor hamda simsiz quvvat olish imkoni bilan ta’minlanadi. Uni Qi standarti bo‘yicha simsiz quvvatlash mumkin.

Flagmanning 5,65 dyuymli IPS-ekranining tomonlari esa o‘zaro 18:9 nisbatda bo‘ladi, uning tasvir aniqligi 2160x1080 pikselli.

Hozirgacha ma’lum xabarlarga qaraganda, Xiaomi Mi 7 flagmanining eng arzoni savdoga 430 AQSh dollari bahosi bilan chiqariladi. Bu hayratlanarli narx. Sababi, uning raqiblari bugungi kunda kamida 800-900 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Suratlarda aks etib turgan Xiaomi Mi 7 ekranidagi sana barchaning diqqatini tortib turibdi. Uning flagman taqdim etiladigan kun ekanini taxmin qilsak, smartfon 2018 yilning 4 iyunida taqdim qilinadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!