Taqdimotdan 2 kun oldin Huawei Honor 7X xususiyatlari oshkor bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  1732
  •  09.10.2017 17:59

Taqdimotdan 2 kun oldin Huawei Honor 7X xususiyatlari oshkor bo‘ldi

Shu yilning 11 oktyabrida Huawei kompaniyasi o‘z quyi brendining yangi – Honor 7X smartfonini taqdim etishi rejalashtirilgan. Shu kabi ko‘pchilik holatlarda bo‘lganidek, namoyish etilishidan ikki kun avval qurilmaning xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar tarqab ketdi.

Nimasidir tanish...

Honor 7X haqidagi ma’lumotlar Xitoyning mobil qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish agentligi – TENAA saytida e’lon qilingan.

TENAA oshkor etgan fotosuratlarga qaraganda, yangi qurilmaning korpusi atrofida nozik romi bor. Uning orqa panelida yonma-yon joylashgan ikkita ob’yektivga ega kamera ko‘rinadi. Bu qiyofasi bilan devays allaqachon taqdim etilgan Honor 8 Pro (Honor V9) smartfoniga ham o‘xshab ketadi. Korpusning orqa qopqog‘idan, shuningdek, dumaloq shakldagi daktiloskopik skaner ham o‘rin olgan.

Xususiyatlari qanaqa?

Yangi modelning korpusi o‘lchamlari 156,5×75,3×7,6 millimetrni, vazni esa 165 grammni tashkil etadi. Honor 7X diagonali 5,9 dyuymga teng (2160×1080 pikselli) displeyga ega, uning tomonlari o‘zaro 18:9 nisbatda.

Huawei bu devaysiga o‘zining sakkiz yadroli Kirin 658 yoki 659 protsessorini o‘rnatgan, u 2,4 GGs takt chastotasida ishlaydi. Smartfonning ishlash samaradorligini ta’minlashga yana 4 gigabaytlik tezkor xotira ham mas’ul. Doimiy xotira hajmi esa 64 gigabaytga teng.

Honor 7X’ning qo‘shaloq kamerasi 13 va 2 megapikselli ob’yektivlarni o‘z ichiga olgan. Old kamerasi esa 8 megapikselli bittagina modulga ega.

Smartfonning akkumulyatori 3240 mA/soat sig‘imga ega. U Android 7.0 operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!