TATU "zaychik"larni qopqonga qanday tushirdi?

TATU

Joriy yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetida abituriyentlar uchun sinov tariqasida biometrik identifikatsiya tizimi joriy qilingan edi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti joriy yilda o‘zining test sinovlarini o‘tkazish joylarida biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimini joriy qilgan edi.

Mazkur tizim o‘zining ilk natijalarini berdi. Joriy yilning 5 iyul kuni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetining 450 nafar abituriyentlari uchun test imtihonlari o‘tkazildi. 

Biometrik va pasport ma’lumotlari asosida abituriyentlarni nazorat qilish va boshqarish tizimi asosida qo‘shtirnoq ichidagi “ZAYChIK” abituriyentlar, ya’ni birovning o‘rniga imtihonga kirmoqchi bo‘lgan soxta abituriyentlar aniqlandi. Foto lavhalar bilan tanishing:


 

Qo‘shtirnoq ichidagi “ZAYChIK” abituriyentlar “biometrik tizimni aldayman”, degan umidda harbiylar formasini kiyishga ham muyassar bo‘lganlar, natijada esa 16 ta “ZAYChIK” qopqonga tushdi.

Shu bilan bir qatorda, 100 dan ortiq mobil aloqa vositalari aniqlanib, test jarayoniga kiritilmadi. Foto lavhalar bilan tanishing:


 

Shu bilan bir qatorda diplom muqovasi ichiga konspiratsiya – yani yashirilgan telefonlar ham aniqlandi. Foto lavhalar bilan tanishing:


Ma’lum qilinishicha, 1 avgust kuni mazkur tizimdan yanada samarali foydalaniladi. Keyingi yildan biometrik identifikatsiya tizimining barcha oliy ta’lim muassasalaridagi qabul jarayonlarida joriy qilinishi kutilmoqda. Natijada, oliy ta’lim muassasalariga turli qing‘ir yo‘llar bilan o‘qishga kirish holatlariga tamoman chek qo‘yilib, bilimli yoshlar uchun imkoniyatlar yanada oshadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!