TCL kompaniyasi BlackBerry nomi ostida smartfonlar ishlab chiqarishda davom etadi

TCL kompaniyasi BlackBerry nomi ostida smartfonlar ishlab chiqarishda davom etadi

The Verge saytining ma’lum qilishicha, Xitoyning TCL kompaniyasi BlackBerry brendi ostida jahon bo‘ylab smartfonlar ishlab chiqarish huquqini qo‘lga kiritdi. Xitoy firmasi shu kungacha BlackBerry DTEK50 va DTEK60 modellarinitaqdim qilgan edi.

Kanadaning BlackBerry kompaniyasi shu yilning sentyabr oyida boshqa smartfon tayyorlamasligini rasman e’lon qilib, servis va dasturiy ta’minotga e’tibor qaratishini bildirgan edi.

Ikki kompaniya o‘rtasidagi kelishuvsha muvofiq bundan buyon Xitoy firmasi BlackBerry nomi ostidagi smartfonlarni loyihalashtiradi, ishlab chiqaradi, sotadi va servis xizmatini ko‘rsatib boradi. Garchi kelishuvda “xalqaro” degan so‘z qo‘llangan bo‘lsa-da, ushbu bitim Nepal, Bangladesh, Shri-Lanka, Hindiston va Indoneziya davlatlari uchun amal qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2009 yilda BlackBerry kompaniyasining jahon bozoridagi ulushi 20%ni tashkil qilgan, hozirda esa ushbu ko‘rsatkich 0,1 foizgacha tushib ketgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!