Tecno kamera jihatidan mashhur kompaniyalarning falagmanlari bilan raqobatlasha oladigan yangi smartfonni taqdim etdi

Tecno kamera jihatidan mashhur kompaniyalarning falagmanlari bilan raqobatlasha oladigan yangi smartfonni taqdim etdi

Tecno kompaniyasi o‘zining premium bo‘lgan Phantom seriyasida kuchli chipset hamda innovatsion kameraga ega bo‘lgan ikkita yangi smartfonni ommaga taqdim etdi. Bular Tecno Phantom X2 va Phantom X2 Pro modellari bo‘lib, ikkisi ham Dimensity 9000 chipi bilan jihozlangan. 

Dimensity 9000 MediaTek kompaniyasining eng so‘nggi chipseti bo‘lmasa-da, bitta Cortex-X2, uchta Cortex-A710 hamda to‘rtta Cortex-A510 yadrolariga ega bo‘lgan ushbu chip avvalgi Phantom X modelidagi Helio G95 chipidan ancha unumdorligi yuqori. Ikkala model LPDDR5X tezkor xotirasiga ega bo‘lib, Pro model 12GB, oddiy model esa 8GB xotiraga ega. Pro modelning doimiy xotirasi ham kattaroq - 256GB.

Yangi smartfonlar displey jihatidan ham ancha takomillashgan. Endi ular 90 gerts emas, balki 120 gertsli AMOLED displeyiga ega bo‘ldi. FullHD+ rezolyutsiyadagi displeyning hajmi ham 6.7 dyuymdan 6.8 dyuymga kattalashdi. Displey Gorilla Glass Victus oynasi bilan himoyalangan. 

Dimensity 9000 chipining unumdorligi ancha yuqori. Shuning hisobini olgan kompaniya ikki modelga 5,160 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatdi. Uni esa 45 vattda tezkor quvvatlash mumkin. Akkumulyator hamda quvvlash tezligi bo‘yicha ham yangi modellar eskisiga qaraganda ancha o‘sishga erishgan. Sababi birinchi avlod Phantom X modeli 33 vattda quvvat oluvchi 4,700 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan edi. 

Oddiy hamda Pro modellarining o‘rtasidagi eng katta farq ularning kameralarida. Pro modelning kirib-chiquvchi portret linzasida dekorativ aylanalar mavjudligi bilan oddiy modeldan farq qiladi. 

Kirib-chiquvchi linza yorqin bo‘lgan f/1.5 diafragmaga ega bo‘lib, bu 65 millimetrli smartfon linzasi uchun biroz kenglik qiladi. Misol uchun, Galaxy S22+ modelidagi 70 millimetrli telefoto linzasi f/2.4 diafragma, Xperia 5 IV modelining 60 millimetrli linzasi f/2.4 diafragmaga ega. Bu Phantom X2 Pro qurilmasiga ikkita ustunlikni beradi. Birinchisi 50MP kamera sensoriga yorug‘lik ko‘proq yetib boradi. Ikkinchisi esa keng diafragma hamda katta sensor sababli kamera tabiiy bokeh suratlarni olishi mumkin. Oddiy qilib aytganda, kamera xiralashish maydonidan ob’yektni ancha yaxshi ajratib oladi. Bu esa sifatli portret suratlarni olishga ko‘maklashadi. 

Bu asosan portret kamera hisoblansa-da, 56 millimetrli linzani 2.5x zumli telefoto kamera sifatida ham ishlatish mumkin. Telefoto kamera sifatida ishlatilganda ushbu kirib-chiquvchi linza maxsus mexanizm orqali korpusdan bo‘rtib chiqadi. Oddiy holatda esa linza joyiga qaytib kirib ketadi. 

Birinchi avlod Phantom X qurilmasiga qaraganda X2 Pro, shuningdek, yaxshiroq asosiy kameraga ega. Yangi model 1/1.3 dyuymli 50MP ISOCELL 3.0 sensoriga ega. Uning oldidan makro hamda autofokus xususiyatiga ega 13MG ultrakeng kamera o‘rin olgan. Asosiy kamera 1/1.3 dyuymli sensorga ega bo‘lganligi sabab endi u 60% ko‘proq yorug‘lik qabul qila oladi. Kamera, shuningdek, plastik emas, balki shisha linza bilan jihozlangan. Bu ham o‘z navbatida sensorga 30% ko‘proq yorug‘lik yetib borishini ta’minlaydi. 

Phantom X2 modeli ham Pro model kabi makro imkoniyatiga ega 13MP ultrakeng kameraga ega. Bundan tashqari, unga 2MP sath kamera ham qo‘shilgan. Ikki model 32MP selfi kameraga ega. 

Phantom X2 Pro modeli Mars Orange (uning orqa paneli qayta ishlangan plastikdan tayyorlangan) hamda Stardust Grey ranglarda taqdim etildi. X2 model esa Stardust Grey va Moonlight Silver ranglarda bo‘ladi. 

Ikki qurilma kelasi haftadan sotuvga chiqadi. Ularning faqat Saudiya Arabistonidagi narxi ma’lum xolos:

Phantom X2 - taxminan 720 dollar

Phantom X2 Pro - taxminan 930 dollar.

O‘QING: Xiaomi 13 seriyasining taqdimot sanasi qayta belgilandi! 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!