Tele2 Rossiyada arzon Tele2 Midi smartfonini taqdim qildi

Tele2 Rossiyada arzon Tele2 Midi smartfonini taqdim qildi

Mobil aloqa operatori Tele2 Rossiyada 3G texnologiyasida ishlaydigan Tele2 Midi smartfonini taqdim qildi. Bu Rossiyada mobil operator tomonidan yaratilgan Android 6.0 Marshmallow versiyasidagi ilk smartfondir. Qurilmada 2 ta SIM-kartadan foydalanish mumkin.

Model 4.5 dyuymli FWVGA displey, 3.2 MPli asosiy kamera, 512 GB tezkor va 4 GB doimiy xotira ga ega. Shuningdek, xotira sig‘imini microSD karta hisobiga kengaytirish mumkin. Akkumulyator sig‘imi – 1700 mA/soat. Smartfon Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth, USB, GPS texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Smartfonning narxi qo‘shimcha tariflarsiz – 1890 rubl. Tele2 abonentlariga 3G tarmog‘idan foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida mazkur smartfonni ishlab chiqarganligi aytilmoqda.