Telefonga “haydovchi rejimi” nega kerak?

Telefonga “haydovchi rejimi” nega kerak?

Barchamiz telefonlardagi “uchish rejimi”ni yaxshi bilamiz. Samolyotda uchish paytida mobil telefonning ayrim funksiyalari o‘chirib qo‘yiladi.

AQSh yo‘l xavfsizligi milliy ma’muriyati mobil telefonlar uchun maxsus avtomobil rejimi ishlab chiqishni tavsiya qilyapti. “Driver Mode» yoqilganda harakat davomida haydovchi telefonga kamroq chalg‘iydi.

Taklif soddagina. Rejim yoqilganda interfeys osonlashtirilgan ko‘rinishga o‘tadi, ya’ni tugmalar katta va kam sonli bo‘ladi, muhim bo‘lmagan tugma va funksiyalar o‘chiriladi. Haydovchini telefondagi film va kitoblar chalg‘itmasligining chorasi ko‘riladi.

“Driver Mode»ni faollashtirishning ikki yo‘li taklif qilinmoqda: qo‘lda va avtomatik tarzda. Haydovchi mashinaga o‘tirganida avval telefon multimedia tizimga ulanadi, harakat boshlanganda esa maxsus rejim yoqiladi.

Hozir ekspertlar bu taklifga munosabatlarni ko‘rib chiqmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.