Telefoningiz qaysi Android versiyasida ishlashini bilasizmi?

Telefoningiz qaysi Android versiyasida ishlashini bilasizmi?

Albatta, smartfondan yaxshi foydalanishni biladigan foydalanuvchilar o‘z telefonlarining qaysi Android versiyasida ishlashi to‘g‘risida tasavvurga egalar. Ammo endigina smartfondan foydalanishni boshlaganlar-chi? Xo‘sh, nima uchun bu ma’lumotni bilish muhim?

Hozirda jahondagi aksariyat smartfonlar (Apple smartfonlaridan tashqari) Android platformasida ishlaydi. Android Google kompaniyasining mahsuloti bo‘lib, ayni vaqtda bag‘oyatda katta tezlik takomillashib boryapti. Smartfon qanchalik yangi model bo‘lsa, undagi Android versiya ham shunchalik yangi bo‘ladi. Platforma versiyasi smartfonning samaradorligini belgilab beradigan omillardandir. Shuning uchun smartfon xarid qilayotganda, undagi Android versiyasini tekshirish juda muhim. Ayni vaqtda so‘nggi Android versiya 2015 yilda chiqarilgan Android 6.0 Marshmallow hisoblanadi. Android 7.0 Nougat shu yilning so‘nggi choragidan boshlab paydo bo‘ladi. Agar smartfoningizda eskiroq versiya o‘rnatilgan bo‘lsa, xavotirga tushmang, shunchaki telefon sozlamalaridagi qurilma haqidagi ma’lumotlar berilgan menyuda dasturni yangilashga harakat qiling. Buning uchun telefon internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi kerak. Smartfon ishlab chiqaruvchilar vaqti-vaqti bilan dasturdagi kamchilik va nosozliklarni bartaraf etish, yangi funksiyalarni qo‘shish yoki Android versiyasini yangilash maqsadida yangilanishlarni chiqarib turadilar. Darvoqe, aynan mana shu menyuda smartfoningizdagi Android versiyasini bilib olishingiz mumkin.

Quyida Android versiyalarining nomlari va chiqarilgan sanalari keltirilgan:

  • Android 1.5 Cupcake – Aprel 27, 2009
  • Android 1.6 Donut – Sentyabr 15, 2009
  • Android 2.0 Eclair – Oktyabr 26, 2009
  • Android 2.2 Froyo – May 20, 2010
  • Android 2.3 Gingerbread – Dekabr 6, 2010
  • Android 3.0 Honeycomb –  Fevral 22, 2011
  • Android 4.0 Ice Cream Sandwich – Oktyabr 18, 2011
  • Android 4.1 Jellybean – Iyul 9, 2012
  • Android 4.4 KitKat – Oktyabr 31, 2013
  • Android 5.0 Lollipop – Noyabr 12, 2014
  • Android 6.0 Marshmallow –  Oktyabr 5, 2015
  • Android 7.0 Nougat (2016)
Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!