«Telegram»da Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining rasmiy axborot kanali ish boshladi

«Telegram»da Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining rasmiy axborot kanali ish boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Telegram» messenjerida o‘zining rasmiy axborot kanali faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda «Xabar.uz»ga vazirlik matbuot xizmati boshlig‘i kapitan Timur Narziyev xabar berdi.

Kanalda vazirlik faoliyatiga oid xabarlar, tadbir va anjumanlar, sohaga oid huquqiy va boshqa turdagi ma’lumotlar bilan fuqarolarni, xususan, ommaviy axborot vositalarini doimiy tanishtirib borish maqsad qilingan.

Bundan tashqari, harbiy xizmatni o‘tash, bu boradagi qonunchilik me’yorlari va fuqarolar tomonidan ko‘p beriladigan savollar bo‘yicha ma’lumotlar qisqa matnlarda va infografikalar shaklida berib borilishi rejalashtirilgan.

Kanalga quyidagi havola orqali a’zo bo‘lish mumkin:

https://t.me/mudofaa_vazirligi
https://t.me/joinchat/AAAAAEwxF6fVYWiazJxAyg

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!