Telegram’dagi eng zo‘r kanallar-4: kinomanlar uchun!

  •   DiMaX
  •  13966
  •  03.05.2017 16:59

Telegram’dagi eng zo‘r kanallar-4: kinomanlar uchun!

Telegram-kanallar bo‘yicha to‘rtinchi to‘plamimizni kino va seriallar ishqibozlariga bag‘ishladik. To‘plamga shu yo‘nalishdagi botlar ham kiritilgan. Marhamat, ko‘rib chiqing, kanal yoki bot nomidagi havola orqali o‘tib obuna bo‘ling va kuzatib boring.

Kino va seriallar haqidagi Telegram-kanallar

V mire kino

Kino yangiliklari, qiziqarli faktlar, komikslar va memlar, shuningdek yangi treylerlar hamda premeralar anonslari berib boriluvchi kanal.

Kinoklyacha

Kinoijaraga chiqarilgan turli janrlardagi filmlarning qisqacha tavsiflari. Kanal mualliflari kuniga bittadan taqriz berib borishadi.

Clique

Bu yerda kinoga va seriallarga oid stikerlarni, eng dolzarb yangiliklar, qiziqarli xabarlarga havolalarni topasiz. Yana yangi kliplar va audioyozuvlar ham berib boriladi.

Naked movie

Premeralar tavsiflari, suratga olish jarayonlarida tushirilgan arxiv fotosuratlari, filmlardan lavhalar va taqrizlar berib boriladigan kanal.

Kinokrad

Treylerlar va filmlarga yo‘llovchi havolalar kanali. Eng qizig‘i – ularni hatto Telegram’dan chiqmasdan turib tomosha qila olasiz!

Aboutmovie

Turli janrlarga oid, ko‘rishga arzigulik filmlar haqida qisqa, ammo lo‘nda axborotlar beruvchi taqrizlar kanali.

Cinemarticle

Kino va seriallar yangiliklari, qiziqarli maqolalar, kinoyulduzlar videolavhalari berib boruvchi kanal. Unda yana turli aktyorlarning fotosuratlari hamda ularning Instagram profillariga havolalar ham e’lon qilinadi.

Everybody’s Doing It Now

Kinotanqidchi Anna Sotnikova va musiqa tanqidchisi Artyom Makarskiy o‘zlari ko‘rgan filmlar haqida, maxsus namoyishlar to‘g‘risida hamda turli festivallar xususida shu kanal orqali ma’lumotlar berib borishadi.

Kino i vino

Kinematografiya haqidagi qiziqarli maqolalarga yo‘llovchi havolalarning haftalik to‘plamlari, blog muallifining alohida filmlar va umuman kinosanoat haqidagi mulohazalari taqdim etib boriladigan kanal.

Kino i seriali

Bu kanalda juda ko‘p narsa bor: filmlar to‘plamlari, yap-yangi treyler va promolar, hafta kinopremeralari, torrentlardagi yangiliklar, kino xabarlari, suratlar va memlar…

Postidnoye udovolstviye

Kinoshunos Aleksandr Pavlovning seriallar va yaxshi filmlar to‘g‘risidagi mualliflik kanali.

Morekino

Bu kanaldayam kino yangiliklari va filmlar haqida taqrizlar beriladi, ammo ular muallifning o‘ta original yondashuvi bilan o‘zgachalik kasb etgan.

Revizoriy

Kon Anatoliy bu kanalida filmlar, seriallar va kitoblarga taqrizlarini, kino olamidagi so‘nggi yangiliklarni berib boradi.

Muxa na stene

Hujjatli filmlar haqidagi tavsiflar va xabarlar, shuningdek, turli festivallar hamda kinosanoat voqealari haqidagi hikoyalarni mana shu kanaldan topasiz.

Kinematos

Kanalda o‘ta kamyob klassik filmlarga, shuningdek, yangi kinoasarlarga taqrizlar berib boriladi. Uning muallifi IMDb reytingining eng yuqorisidagi 250 ta filmning barchasini ko‘rib chiqish va ularning har biri haqida taqrizlar yozib borish orzusida.

Cinemaholics

Kino olamidagi oxirgi voqealar, aktyorlarning kulgili vaziyatlardagi fotosuratlari, ularning tug‘ilgan kunlari hamda haqiqiy fanatlar uchun boshqa ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar kanali.

Bolshoy festival

Kinoni haqiqatan ham tushunadiganlar uchun maxsus kanal. Bu yerda siz shov-shuvli yangi kinolarga tavsiflarni uchratmaysiz. Faqat kamyob filmlar, faqat mualliflik kinosi.

Csenarium

Kinematografiya atrofidagi mavzularga bag‘ishlangan kanal. Ssenariylar yozish san’ati, mahorat sirlari, foydali maqolalar, kino haqida tavsif va suhbatlar.

Vertigo

Komikslar, kino va seriallar haqidagi mazkur kanalda asosiy e’tibor superqahramonlar haqidagi filmlarga qaratiladi.

Kino-Teatr

Kinofilmlardagi sevimli lavhalar, rus kinematografiyasi haqidagi maqola va qaydlar, yangi kinolarning muntazam tavsiflari, mavzularga ajratilgan to‘plamlar va qiziqarli so‘rovnomalar.

Korotkiy metr

Butun dunyo bo‘ylab ishlangan turli qisqa metrajli filmlarning qisqacha tavsiflari.

Serialnie makaki!

Shunchaki kanal emas, seriallar ishqibozlari uchun haqiqiy kenglik! Bu yerda yangiliklarni ham, anonslarni ham, gif-fayllarni, so‘rovnomalarni ham topasiz.

Seriyniy chelovek

Seriallarga qiziqasiz, lekin muntazam ko‘rib borishga vaqtingiz yo‘qmi? Unda mana shu kanalga obuna bo‘ling – ularning asosiy mazmunini berib borishadi.

Novinki ot Lostfilm

LostFilm’da a’lo sifatli dublyaj qilingan yangi kinolar haqidagi kanal. Har kuni yangilab boriladi.

Fan Stuff

Seriallar to‘g‘risida so‘nggi yangiliklar, ularning premeralari haqidagi anonslar va tavsiflar, shuningdek, ommabop teleshoulardan olingan lavhalar va kadrlar.

Yeda i seriali

Seriallarning yangi mavsumlari anonslari, seriallar xususida va uning atrofidagi mavzularda qiziqarli maqolalar to‘plamlari. Shuningdek, kanal muallifi o‘zi tomosha qilgan teleshoular haqidagi shaxsiy taassurotlarini ham bayon etib boradi.

Kino va seriallar haqidagi Telegram-botlar

Kinoman 2.0: filmi i seriali

Kechqurun nima tomosha qilishni o‘ylab bosh qotiradiganlar uchun o‘ta foydali bot. Yoqimli bonus – o‘yinlar, film va seriallardan olingan sitatalar, ular haqidagi yangiliklar. Yoqqan filmlarni “tanlanganlar”ga qo‘shib qo‘yish imkoni mavjud.

Filmofil

Yangi qo‘shilgan kinolar xususida xabar beruvchi bot. Yaxshi tomoni – biryo‘la ularni onlayn tomosha qilish uchun havolani ham yuboradi.

Shuningdek, Telegram-kanallarning turli yo‘nalishlardagi birinchi va qiz-ayollarga bag‘ishlangan ikkinchi to‘plamiga, rus tilini o‘rganuvchilarga atalgan uchinchi to‘plamiga ham nazar solishingizni tavsiya etamiz.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.