Telegram Premium'ga yangi funksiya qo'shilmoqda

Telegram Premium'ga yangi funksiya qo'shilmoqda

Android uchun Telegram'ning so'nggi beta versiyasida faqat Premium obuna egalari uchun yangi funksiya bo'ldi. Maxfiylik sozlamalari orasida paydo bo'lgan ushbu xususiyat xuddi kirish qo'ng'iroqlarini bloklash kabi ishlaydi. 

Ma'lum bo'lishicha, yangi xususiyat bilan foydalanuvchi o'ziga ovozli va videoxabar yuborilishini taqiqlashi, shu bilan birga, kimlar ovozli yoki videoxabar yuborishi mumkinligini belgilashi mumkin bo'ladi.

Yuqorida aytilganidek, funksiya faqat Premium obuna egalari uchun bo'lib, u navbatdagi yangilanish bilan chiqariladi.

O'QING: Instagram'da pul topishning yangicha yo‘li paydo bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.