Teng narxli Redmi Note 5 yaxshimi yoki Mi A1?

Teng narxli Redmi Note 5 yaxshimi yoki Mi A1?

Xiaomi joriy yilda taqdim qilgan Redmi Note 5 hamda Redmi Note 5 Pro smartfon modellari ayni paytda smartfon bozorlarida yaxshi sotilmoqda. Xiaomi Redmi Note 5 jahonning ayrim mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham "Xiaomi Redmi 5 Plus" nomi ostida sotuvga chiqarilgan.

Displey tomonlarining 18:9 o‘lchamli ekani, 12 megapikselli bosh kameraga egaligi, hamyonbop narxi, shu bilan birga zamonaviy "istarasi" bilan bu model bozorda o‘z "inisi" bo‘lgan Xiaomi Mi A1 modeliga raqiblik qilmoqda.

Har ikkala devays metall korpusli, ularning orqa panelida barmoq izi skaneri mavjud. Mi A1 modeli 5.5 dyuymli Full HD displeyga ega bo‘lgan bo‘lsa, Redmi Note 5 modeli 5.99 dyuymli Full HD (2160 × 1080 pikselli) va eng muhimi 18:9 standartli displeyga ega bo‘lgan.

Mi A1 modeli ham, Xiaomi Redmi Note 5 ham 2.0 Ggs chastota tezligida ishlaydigan, 8 yadroli Snapdragon 625 protsessori bilan ta’minlangan.

Note 5 modelida 3 yoki 4 gigabaytli tezkor hamda 32 yoki 64 gigabaytli doimiy xotira o‘rnatilgan bo‘lsa, Mi A1 modeli ham 3/4 gigabaytli tezkor va 32/64 gigabaytli doimiy xotira bilan ta’minlangan.

Redmi Note 5 modelidagi bosh kamera bir sensorli -- 12 megapikselli. Mi A1 esa qo‘sh sensorli -- 12 MP asosiy va yana yordamchi sensorga ega bo‘lgan. Garchi, Xiaomi Mi A1 qo‘sh sensorli kamera bilan ta’minlangan bo‘lsa ham, Redmi 5 Plus suratkashlikda undan qolishmaydi. Har ikkala devaysning old kameralari 5 megapiksel aniqligidagi suratlar oladi.

Redmi 5 Plus akkumulyatorining elektr toki sig‘imi raqibinikidan 20 mA soatga kattaroq -- 4000 mA soat.

Redmi 5 Plus ham, Xiaomi Mi A1 ham aloqaning 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4GHz / 5GHz), Bluetooth 4.2, GPS + GLONASS tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadi. Note 5 MicroUSB, Mi A1 universal USB Type-C portiga ega bo‘lgan.

Xiaomi Mi A1 modeli "Android One" hisoblanadi va uning tizimi uchun Google mas’uldir. U tez orada yanada kuchli Android P tizimiga ega bo‘ladi. Note 5 modellari esa Android Nougat'ning o‘zlashtirilgan MIUI 9.2 proshivkasida ishlaydi va yaqin orada uning tizimini Android Oreo'ga yangilash mumkin.

Ikkala smartfonda ham bir kamchilik bor -- Nfc moduli yo‘q. Ya’ni, agar siz yaqin masofada turib smartfon orqali to‘lov qilmoqchi bo‘lsangiz, buning iloji yo‘q.

Ikkala modelni batafsil taqqoslang:

Redmi Note 5 (Xiaomi Redmi 5 Plus)

Xiaomi Mi A1

Dipley: 5.99 dyuym (2160 × 1080 pikselli) Full HD+ sig‘imli, 18:9 nisbatli, 2.5D shaklidagi himoya shishasi bilan qoplangan displey;


5.5 dyuymli, (1920 x 1080 pikselli) Full HD sig‘imli, 2.5D shaklidagi himoya shishasi qoplangan LTPS dipsley;

Protsessor: 2.0 Ggs tezligidagi 8 yadroli Snapdragon 625 hamda Adreno 506 video kartasi

Protsessor: 2.0 Ggs tezligidagi 8 yadroli Snapdragon 625 hamda Adreno 506 video kartasi

Tezkor xotira:  3Gb/4Gb

4 Gb

Doimiy ichki xotira: 32/64Gb, microSD yordamida 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.


64 Gb (eMMC 5.0),  microSD yordamida 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin.

Bosh kamera: 12 Mp (f/2.2), 5 linzali, piksel hajmi 1,25 mkm pikselli va PDAF texnologiyasi, 2 tusli LED fotochaqnog‘iga ega.

 Keng burchak ostida surat oluvchi 2 ta sensorlar – 12 megapikselli asosiy ob’yektiv, f/2.2 aperturali + 12 megapikselli telefoto linzasi,  f/2.6 aperturali.


Old kamera aniqligi: 5 megapikselli

Old kamera aniqligi: 5 megapikselli

Aloqa imkoniyatlari: 2 ta SIM kartali, 4G VoLTE, WiFi 802.11 b/g/n   Bluetooth 4.2 LE, GPS / GLONASS

4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4GHz / 5GHz), Bluetooth 4.2, GPS + GLONASS, USB Type-C

Barmoq izi skaneri: bor

Bor

Akkumulyator sig‘imi:  4000 mA soat 

3080 mA soat 


Operatsion tizim: Android 7.1.2 (Nougat), MIUI 9 

Android Oreo

O‘lchamlari: 158.5 x 75.45 x 8.05mm; Vazni: 180 gramm.

O‘lchamlari: 155.4×75.8×7.3mm; Vazni: 165 gramm.

Narx-navo

O‘zbekistonda Redmi 5 Plus modelining yuqori talqini (4/64 gigabaytli) 1,726,000 so‘mdan; quyi talqini (3/32 gigabaytli) 1,456,000 so‘mdan sotilmoqda.

Xiaomi Mi A1 modelining quyi modelini (3/32 Gb) esa "Malika"da Mi 1,743,000 so‘mdan yoki yuqori modelini (4/64) 1,857,000 so‘mdan xarid qilish mumkin.

Agar sezgan bo‘lsangiz, Xiaomi Mi A1 modelining bir jihatda ustunligini sezish mumkin -- uning dasturiy ta’minoti uchun Google mas’ul. 

Xiaomi Mi A1 korpusi Xiaomi Redmi Note 5 modelinikidan 9% yupqaroq. Shu bilan birga, Xiaomi Redmi Note 5 ekrani "og‘asi"nikidan 8 foizga kattaroq.

Xiaomi Mi A1 kamerasi orqa fonni g‘ira-shira qilib olish texnologiyasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, Xiaomi Redmi Note 5 kamerasining piksel o‘lchami 12% ga kattaroq. Ya’ni, bu degani bu model aniq-tiniq surat olishga usta.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!