«Terabayt.uz» AliExpress’dan tovarlarni yetkazib bera boshladi!

  •   DiMaX
  •  5819
  •  06.11.2017 16:08

«Terabayt.uz» AliExpress’dan tovarlarni yetkazib bera boshladi!

Xitoyning taniqli onlayn savdo maydonchasi – AliExpress saytini ko‘pchilik eshitgan, ammo buyurtma orqali undan biror tovar xarid qilishni hamma ham uddalayvermaydi. Biz esa hamkorlarimiz bilan kelishib, xohlovchilar uchun AliExpress’dan tovarlarni yetkazib berishni yo‘lga qo‘ymoqdamiz.

Xarid qanday amalga oshiriladi?

AliExpress’da savdoga qo‘yilgan biror tovarni xarid qilish uchun, siz o‘sha mahsulot narxining 50 foizi miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirasiz. Bu haqda sizga tegishli tartibda kvitansiya beriladi. Buyurtmangiz o‘rtacha 15-35 kunda Toshkentga yetib keladi va uni ofisimizdan olib ketishingiz mumkin bo‘ladi. Istagingizga ko‘ra, u qo‘shimcha to‘lov evaziga viloyat markazlariga xam yetkazib beriladi.

Agarda tovar 60 kun mobaynida yetib kelmasa, u holda amalga oshirgan to‘lovingiz to‘liq hajmda qaytarilishi kafolatlanadi.

Qanday to‘lov qilinadi?

Siz xarid qilinadigan tovarni aniqlashtirib, bizga AliExpress’dagi o‘sha mahsulot sahifasi manzilini (URL-adresini) taqdim etasiz. O‘sha sahifada ko‘rsatilgan mahsulot qiymatining 50 foizi miqdorida oldindan to‘lovni amalga oshirasiz. Buyurtmangiz ketib kelgach, uni qabul qilib olish paytida narxning qolgan qismini to‘laysiz.

Shuningdek, buyurtmangizni yetkazib berganimiz uchun tovar narxining 5 foizi miqdorida xizmat haqi to‘laysiz. Xizmat haqining eng kam miqdori 8200 so‘mga teng, ya’ni, shundan kam miqdorda bo‘lsa, katta tomonga yaxlitlanadi.

Buyurtmani viloyat markazigacha yetkazib berishimiz uchun esa, masofasiga qarab turlicha (eng ko‘pi bilan 25000 so‘mgacha) miqdorda qo‘shimcha to‘lov amalga oshirishingiz lozim bo‘ladi.

To‘lov usullari

To‘lovni amalga oshirish uchun siz PAYme, Click onlayn to‘lov servislaridan foydalanishingiz yoki naqd pul vositasida to‘lashingiz mumkin.

AliExpress’dan biz orqali buyurtma rasmiylashtirish uchun, +998-97-773-44-12 telefon raqami orqali saytimiz menejeriga murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni va saytda berilgan boshqa ma’lumotlarni qaytadan so‘rab ovora qilmang, o‘zingizning va o‘zgalarning vaqtini qadrlang.

DIQQAT! Yuqoridagi ma’lumotlar eskirgan bo‘lib, AliExpress’dan tovar yetkazib berish bo‘yicha yangicha shart-sharoitlar bilan quyidagi maqolamiz orqali tanishib chiqishingiz mumkin:

AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.