Tesla asoschisi Marsda 2 ta termoyadroli quyosh o‘rnatmoqchi

Tesla asoschisi Marsda 2 ta termoyadroli quyosh o‘rnatmoqchi

Ilon Mask (Tesla, SpaceX, PayPal asoschisi) Mars sayyorasini o‘zlashtirish va u yerda hayot uchun yetarli iqlim sharoitini tashkil qilishga jiddiy kirishmoqchi. Jumladan, u “qizil sayyora”ni isitish uchun ikkita termoyadroli quyosh o‘rnatish kerak, deb hisoblaydi.

Mask avvalroq NASA mutaxassislarini sayyorada suyuq tuzli suv oqimini topganlari bilan tabriklagan edi. Nyu-Yorkdagi anjumanda quyosh energiyasi qurilmalarini ishlab chiqaruvchi SolarCity kompaniyasi Marsda termoyadroli bombani portlatish imkoni bor ekanini tasdiqladi. Termoyadroli quyosh sezilarli darajada yirik bo‘ladi, biroq sayyoraning xajmi hisobga olinsa, u juda ham katta emas.

“Agar sizda qutbga o‘rnatilgan ikkita unchalar katta bo‘lmagan quyosh bo‘lsa, siz sayyorani isitishingiz mumkin. Siz sayyorani muzlagan karbonad angidrid gaziga to‘ldirasiz, atmosferani zichlashtirasiz va suvni isitasiz—bularning bari parnik effektini keltirib chiqaradi. Keyingi isish jarayoni o‘z-o‘zidan davom etaveradi”, deydi Ilon Mask.

Maskning ish ancha tavakkal va natijasi ham aniq emas. Ammo, aytish kerakki, Ilon Mask ko‘p loyihalarida ana shunday tavakkalchiligi bilan yaxshi yutuqlarga erishgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!