Tesla Motors Microsoft kompaniyasining yetakchi dizaynerini ishga yolladi

Tesla Motors Microsoft kompaniyasining yetakchi dizaynerini ishga yolladi

Ma’lumki, yirik kompaniyalar o‘z raqobatchilarining xodimlarini ishga yollash masalasiga jiddiy ishtiyoq bilan qarashadi. Sababi katta tajriba va ko‘nikmaga ega mutaxassis kompaniyani butunlay yangi darajaga ko‘tarishi mumkin.

Yaqinda AQShning Tesla Motors kompaniyasi IT-gigant Microsoft‘da yetakchi diayner sifatida faoliyat yuritgan Endryu Kimni ishga yollab, uni bosh dizayner lavozimiga tayinladi. Endryu Kim Microsoft  HoloLens loyihasi ustida uch yildan ko‘proq mehnat qilgan. Shuningdek, u Xbox One S pristavkasini takomillashtirishda ham o‘z hissasini qo‘shib kelgan. Hozircha Kim avtomobil kompaniyasida qaysi loyihalar bilan shug‘ullanishi noma’lum. Biroq shu narsa aniqki, elektromobil ishlab chiqarishda yangi davrni ochib bergan Tesla Motors firmasiga uning iste’dodi juda katta manfaat keltirishi mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.