Tesla va Panasonic AQShda quyosh batareyalarini ishlab chiqaradi

Tesla va Panasonic AQShda quyosh batareyalarini ishlab chiqaradi

AQShning Tesla Motors va Yaponiyaning Panasonic kompaniyalari hamkorlikda  Buffalo shahrida (AQSh, Nyu-York shtati) quyosh batareyalarini ishlab chiqarishga kelishishdi. Kelishuv shartlari SolarCity kompaniyasining Tesla’ga qo‘shilishidan keyin amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

The Verge nashrining yozishicha, hamkorlik doirasida Tesla Powerwall va Powerpack akkumulyatorlarida ishlatiladigan fotogalvanik element va modullarni tayyorlash  belgilangan.

Bu ikki yirik kompaniyaning hamkorlikda bajarayotgan birinchi loyihasi emas. Ular ayni paytda Nevada shtatidagi (AQSh) Tesla Gigafactory zavodida boshqa turdagi batareyalarni ham ishlab chiqarishmoqda. Tesla’ning texnik direktori Jey Bining qayd etishicha, agar AQSh giganti SolarCity kompaniyasini xarid qilsa, u Yaponiyaning Panasonic firmasi bilan quyosh batareyalarini tayyorlashni jadal ravishda yo‘lga qo‘yadi hamda jahon bozoriga arzon va samarali mahsulotlarni taqdim etadi.

Hozircha mutaxassislar Tesla va SolarCity kompaniyalarining birlashuviga hech qanday shubha bildirishmayapti.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.