The Walking Dead: pokemonlar o‘rnini zombilar egalladi

The Walking Dead: pokemonlar o‘rnini zombilar egalladi

2016 yilning iyulida taqdim qilingan Pokemon GO o‘yini bugun jahon miqyosida yetarlicha ommalashishga ulgurgan o‘yinlardan biri. Ayni paytda sayyoramizdagi 65 million nafar kishi bu o‘yinni muntazam o‘ynaydi. O‘yin qoidasiga ko‘ra, foydalanuvchi qo‘shimcha voqelik "mavjudotlarini", ya’ni pokemonlarni ovlashi kerak bo‘ladi. Biroq, xuddi shu uslubdagi yangi o‘yinda o‘yinchilarga qarshi maydonga pokemonlar o‘rniga zombilar tushiriladi.

Finlyandiyaning Next Games kompaniyasi The Walking Dead: Our World loyihasini e’lon qildi. "Yuradigan o‘liklar" ("Xodyachiye mertvetsi") serialidan ilhomlanib yaratilgan o‘yinda foydalanuvchi virtual maxluqlarga qarshi smartfon ekranida kurashadi. Shuningdek, foydalanuvchilar Deril, Rik va Mishon kabi tanish qahramonlarni ham uchratishlari mumkin.

The Verge nashrining yoizishicha, Pokémon Go qanchalar quvnoq bo‘lgan bo‘lsa, The Walking Dead o‘yini shu qadar qo‘rqinchli mobil o‘yin bo‘ladi.

The Walking Dead: Our World o‘yinini AppStore va Play Market'dan yuklab olish mumkin bo‘ladi. Hozircha yuklab olishning aniq sanasi ma’lum emas.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!