Tibbiyotda 3D-chop etish texnologiyasi: jonli yurak va to‘qimalar

Tibbiyotda 3D-chop etish texnologiyasi: jonli yurak va to‘qimalar

Umrini o‘tab, hayotning navqiron davrlaridan o‘tgan keksa otaxon, onaxonlar yana uzoq vaqt yashash uchun xizmat qiladigan tana a’zolarining qayta yosharishini tasavvur qila olisharmikan? Ehtimol, ichki tana a’zolarini og‘ir jarrohlik amaliyoti evaziga almashtirish ham ular uchun mo‘’jizadir. Axir, kim ham yana bir muddat yashashni istamaydi, deysiz? Zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari tibbiyotda ham tatbiq etilish evaziga yaqin yillarda inson tana a’zolari 3D-chop etish usulida tayyorlana boshlaydi.

Hatto tirik hujayralar joy olgan yurakni ham chop etish mumkin

Hayotni saqlab qolish uchun chop etilgan butunlay yangi organ talab etilmaydi. Yangi texnologiya mavjud, keksayib qolgan tana a’zosini ta’mirlab, yangiday qilib qo‘yishni va’da qilmoqda. Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetida o‘tkazilgan jarrohlik amaliyoti buning yorqin misoli.

Xirurg yuragida nuqson bilan tug‘ilgan chaqaloq hayotini saqlab qolish maqsadida yurakdagi nuqson holatini tushunish uchun shifokorlar tomografiya suratlari yordamida jajji yurakchaning aniq modelini ishlab chiqishdi. O‘tkazilgan ikki qiyin jarrohlikdan oldin jarrohlar mazkur modelni yaxshilab o‘rganib, detallar bilan tanishdilar. Natijada, jarrohlik muvaffaqiyatli o‘tib, bolakay oyoqqa turib ketgan.

Tirik to‘qimalarni chop etish

Masalaning mohiyati to‘qimalar uchun sinch vazifasini bajaradigan jonli to‘qimalarni uch o‘lchamda chop etish bilan bog‘liq. Albatta, bu to‘qimalarni probirkada ko‘paytirsa ham bo‘ladi. Ammo bir necha to‘qima va qon tomirlari to‘rlaridan yaratilgan to‘liq funksional ishlaydigan va ko‘chirib o‘tkazishga ham oson bo‘lgan organni faqat chop etish orqali tayyorlash mumkin.

Garchi, hali murakkab organlar tayyorlanmagan bo‘lsa ham, bu borada ham izlanishlar olib borilmoqda. Misol uchun, Rossiyaning  3D Bioprinting Solutions kompaniyasi qalqonsimon bez ishlab chiqarib, uni sichqonda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi.

Amerikaning Organovo kompaniyasi jigar to‘qimalarini yaratishni yo‘lga qo‘ygan. Ulardan jigar zaharlanishiga qarshi, uning faoliyatini yaxshilash uchun tayyorlanayotgan dori-darmonlar tajribasida foydalanish mumkin.

Tana a’zolarini 3D-shaklda bosishning bosh maqsadi – inson tanasi faoliyati uchun zarur bo‘lgan ichki sekretsiya bezlarini ishlab chiqarish. Misol uchun, diabetning birinchi ko‘rinishi oshqozonosti  bezida ishlab chiqariladigan insulin, ya’ni qonda qand moddasining ko‘payishini me’yoriga keltiruvchi to‘qimalarni halok qiladi. Bu bez oshqozonda hazm bo‘lmasligi tufayli uni tanaga ekish kerak bo‘ladi.

Tananing jismoniy faolligi va barcha to‘qimalar quvvat oladigan glyukozaga boy mahsulotlar miqdoriga ko‘ra gormonning miqdori muntazam o‘zgarib turadi. Natijada, tinmay ukol olish, qand miqdorini nazorat qilib turishga ehtiyoj tug‘iladi.

Bu muammoni elektron insulin nasoslari hal qilish mumkin. Ammo, qorindagi yupqa naycha bilan yurish ham unchalik qulay emas. Shunday bo‘lsa ham, sayyyoramizda yashayotgan 230 million nafar diabetdan xastalangan insonlar yaqin orada texnologiyalar taqdim etadigan katta yangilikni eshitsalar ajab emas.