Tiklangan Galaxy Note 7: sotuvga chiqish fursati, narxi aytildi

Tiklangan Galaxy Note 7: sotuvga chiqish fursati, narxi aytildi

Joriy yil mart oyi oxirrog‘idai Samsung Electronics qayta tiklangan Galaxy Note 7 gadjetlarini Hindiston va Vetnamda sotuvga chiqarishini rasman tasdiqlagan edi.

Samsung kompaniyasi 2016 yilda omadsizlikka uchragan Galaxy Note 7’ni iyundan boshlab koreyalik yetkazib beruvchilar orqali sota boshlaydi. Bu to‘g‘rida Janubiy Koreyaning taniqli ET News nashri xabar tarqatmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, flagman akkumulyatorining yonib ketishi holatlari ommaviy kuzatilgani bois, ortga chaqirib olingan 3-4 million dona Note 7’dan faqat 300,000 donasi sotuvga chiqariladi.

Qayta tiklangan flagmanga 3,500 mA soatli “quvvat toshi” o‘rniga 3,200 mA soat elektr toki sig‘imiga ega batareya o‘rnatiladi. Shuningdek, qurilma uchun yangi dizayndagi korpus tayyorlangan. Demak, yangi talqin dizayni aslidan bir oz farq qilish mumkin. Shu bilan birga, unga Android 7.0 Nougat operatsion tizimi o‘rnatiladi.

Galaxy Note 7 R (SM-N935) nomi bilan sotuvga chiqadigan smartfonning 700,000 von, ya’ni $620 dollardan sotuvga chiqishi aytilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning sentbyar oyida Galaxy Note 7 Koreyada $878 dollardan sotuvga chiqarilgan edi. Galaxy Note 7’dagi nosozlik kompaniyaga 5,2 milliard dollarga tushgan.