Tizen to‘xtatildimi? Samsung xodimlari endi Wear OS aqlli soatlarini taqib yuribdi

  •   Saroy
  •  826
  •  24.05.2018 18:40

Tizen to‘xtatildimi? Samsung xodimlari endi Wear OS aqlli soatlarini taqib yuribdi

Yaqinda Samsung’ning navbatdagi “aqlli” soati Wear OS (avval Android Wear edi) da ishlaydi, degan mish-mishlar tarqaldi. Insayderlarning ma’lum qilishicha, gadjetlar yaqinda koreyalik gigantning xodimlari qo‘llarida ko‘ringan.

O‘QING: Samsung ba’zi «bayroqdor» smartfonlarini yangilanishlar bilan ta’minlashni tugatmoqda

Avvalgi xabarlarda Samsung’ning «aqlli» soatlari Samsung  Wear OS’da chiqishi haqida aytilgan edi. U yilning ikkinchi yarmida chiqadi va Gear S4 o‘rniga  Galaxy Watch nomini oladi. Qolgan tafsilotlari aytilmagan. Kompaniya qurilmasining eng ustun tomoni  qulay navigatsiya uchun qayrilish bezeli bo‘lgandi, bu imkoniyatlar kelgusi modellarida ham bo‘lsa yaxshi bular edi, deya ta’kidlanadi xabarda.

Endi Tizen haqida. Hozircha uning istiqboli noma’lumligicha qolmoqda.  Nazariy jihatdan olib qaraganda, garchi taqib yuriladigan gadjetlarning  savdosi unchalik katta bo‘lmasa-da, kompaniya ikkita lineykasini rivojlantirishi mumkin.  Wear OS uchun  ko‘p ilovalar mavjud,  lekin  tizim cho‘zilgan ekranli Gear Fit  bilakuzuklari uchun qanchalik moslashtirilgan? Bu savol hamon ochiqligicha qolmoqda.

O‘QING: Samsung kompaniyasi Note 8 olgan ilk suratlarni e’lon qildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!