Top-10: Yozda yaxshi sotilgan smartfonlar va ularning narxlari

Top-10: Yozda yaxshi sotilgan smartfonlar va ularning narxlari

Texnologiya mahsulotlari marketingi bilan shug‘ullanuvchi Counterpoint kompaniyasi 2017 yilning yoz mavsumida eng yaxshi sotilgan smartfonlar reytingini e’lon qildi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, bu davrda Apple, Samsung, OPPO hamda Xiaomi brendlari smartfon bozorida yetakchilik qilishgan va bozorning 20.5 foiz mahsulotiga egalik qilishgan. Aniqrog‘i, yozda smartfon bozorida sotilgan smartfonlarning 4 foizi Samsung, 3 foizi Apple'ga tegishli bo‘lgan.

Apple hanuz jahon bo‘ylab o‘zining hozircha eng kuchli  iPhone 7 & 7 Plus flagmanlarini muvaffaqiyat bilan sotmoqda. Xitoyning OPPO brendi esa nisbatan arzon kamerafonlari bo‘lgan OPPO R11 va o‘rta narxli OPPO A57 modellarini yaxshi sotmoqda. Yoz oxiriga kelib jahon smartfon bozorida Samsung’ning Galaxy S8 flagmani yaxshi sotilmoqda. Xiaomi Redmi Note 4X va Samsung Galaxy S8+ esa eng yaxshi sotilishi  bo‘yicha reytingning keyingi o‘rinlarida turibdi. Apple'ning 32 gigabaytli iPhone 6 flagmani hanuz trenddan tushgani yo‘q. Samsung'ning Galaxy J7 modeli esa dunyo miqyosida nom qozonishda davom etmoqda.

Quyida jahon miqyosida eng ko‘p sotilgan smartfonlar modellari va ularning ulushiga bag‘ishlangan "top-10"ligini ma’lum qilamiz:

1. Apple iPhone 7 - 4.0%

Ekran: 4,7 dyuymli, 1334 x 750 piksel (har dyuymda 326 ta belgi);

Protsessor: 4 yadroli Apple A10 Fusion;

Tezkor va doimiy xotira: 2 GB tezkor, 32/128/256 doimiy, microSD – yo‘q;

Kamera: bosh modul -- 12 MP (f1.8), 4k video; selfi-kamera -- 7 MP (f2.2);

Akkumulyator: 1960 mA soat;

Narx-navo:  635 AQSh dollari.

2. Apple iPhone 7 Plus - 2.9%

Ekran: 5,5 dyuymli, Full HD;

Protsessor:  4 yadroli, A10 Fusion;

Tezkor va doimiy xotira: 3 GB tezkor, 32/128/256;

Kamera: Bosh kamera -- 2 ta 12 MP sig‘imli sensor, old kamera --  7 megapikselli;

Akkumulyator: 2900 mA soat, faol ishlatganda 1 kunga yetadi;

Narx-navo: 745 AQSh dollaridan boshlab.

3. OPPO R11 - 2.1 %

Ekran: 5.5 dyuymli AMOLED, FullHD;

Protsessor: 8 yadroli Snapdragon 660;

Tezkor va doimiy xotira: 4/64 gigabaytli, microSD -- 256 GB.gacha;

Kamera: bosh kamerasi qo‘sh sensorli: 16 va 20 megapikselli, old kamera -- 20 megapikselli;

Akkumulyator: 2900 mA·soat, tezkor quvvat oladi;

Narx-navo: $485 dollar.

4. OPPO A57 - 2.0 %

Ekran: 5.2 dyuymli, HD;

Protsessor:  1.4 Ggs chastota tezligiga ega Snapdragon 435;

Tezkor va doimiy xotira: 3/32 Gb, microSD -- 256 GB.gacha;

Kamera: bosh kamera -- 13, old kamera -- 16 megapikselli;

Akkumulyator: 2900 mA soat;

Narx-navo: 200 AQSh dollari.

5. Samsung Galaxy S8 - 1.8%

Ekran: 5,8 dyuymli, Super AMOLED matritsa, WQHD+ (2960×1440) pikselli;

Protsessor: 8 yadroli Exynos 8895/Snapdragon 835 (AQSh va Xitoyda);

Tezkor va doimiy xotira: 4/64 Gb, microSD -- 256 GB.gacha;

Kamera: bosh kamera -- 12 MP ( f/1.7), old kamera -- 8 MP (f/1.7);

Akkumulyator: 3000 mA soat, tezkor quvvat oladi;

Narx-navo: "Malika"da 5.2 mln so‘mdan boshlab.

6. Xiaomi Redmi Note 4X - 1.8%

Ekran: 5.5 dyuymli. Full HD;

Protsessor: 8 yadroli, 2.0 Ggs chastota tezligiga ega Snapdragon 625;

Tezkor va doimiy xotira: 4 GB tezkor va 32/64 GB doimiy, microSD -- 256 GB.gacha;

Kamera: bosh kamera -- 13 MP, old kamera -- 5 MP;

Akkumulyator: 4100 mA soat;

Narx-navo: "Malika"da 1,5 mln so‘mdan (32 GB).

7. Samsung Galaxy S8 Plus - 1.7%

Ekran: 6.2 dyuymli, Super AMOLED matritsa, WQHD+ (2960×1440) pikselli;

Protsessor: 8 yadroli Exynos 8895/Snapdragon 835 (AQSh va Xitoyda);

Tezkor va doimiy xotira: 4/6 Gb tezkor, 64/128 GB doimiy microSD -- 256 GB.gacha;

Kamera: 12 MP ( f/1.7), old kamera -- 8 MP (f/1.7);

Akkumulyator: 3500 mA soat, tezkor quvvat oladi;

Narx-navo: "Malika"da 5,9 mln so‘mdan.

8. Apple iPhone 6 - 1.6%

Ekran: 4.7 dyuymli, HD (750 x 1334 pikselli);

Protsessor: 2 yadroli, Apple A8, 1.4 Ggs;

Tezkor va doimiy xotira: 1 GB tezkor va 16/32/64/128 doimiy;

Kamera: bosh kamera -- 8 MP, old kamera -- 1,2 MP;

Akkumulyator: 1810 mA soat;

Narx-navo: 405 AQSh dollaridan boshlab (32 Gb);

9. Samsung Galaxy J7 Prime - 1.4%

Ekran: 5.5 dyuymli, Full HD (1080 x 1920 pikselli);

Protsessor: 8 yadroli Exynos 7870, 1.6 Ggs;

Tezkor va doimiy xotira: tezkor xotira -- 3 GB, doimiy xotira -- 16/32;

Kamera: bosh kamera -- 13 MP (f/1.9), old kamera -- 8 MP;

Akkumulyator: 3300 mA soat;

Narx-navo: "Malika"da 1.6 mln so‘mdan sotilmoqda.

10. Samsung Galaxy A5 (2017) - 1.2%

Ekran: 5.2 dyuymli, Full HD, Super AMOLED;

Protsessor: 8 yadroli Exynos 7880, 1.9 Ggs;

Tezkor va doimiy xotira: 3/32 Gb;

Kamera: Bosh kamera -- 16 MP (f/1.9), old kamera -- 16 MP (f/1.9);

Akkumulyator: 3000 mA soat;

Narx-navo: "Malika"da 2,7 mln so‘mdan sotilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.