TOP-5: Dekabrning narxiga munosib smartfonlari

TOP-5: Dekabrning narxiga munosib smartfonlari

Huawei Honor V10
5,99 dyuymli, Full HD+ (2160 x 1080 pikselli) aniqligidagi smartfon romlari yupqa bo‘lsa ham, barmoq izi skaneri old panelda qoldirilgan. Metall korpusli gadjetning 4/64 GB, 6/64 GB va 6/128 GB talqinlari mavjud. Unga Huawei’ning «sun’iy idrokli» Kirin 970 protsessori, o‘rnatilgan.

Devays 16 megapikselli RGB-sensor hamda 20 megapikselli monoxrom kamera modullaridan iborat. 13 megapikselli selfi kamera ham, «sun’iy idrok» funksiyalariga ega.

Akkumulyator sig‘imi – 3750 mA/soat, unga 5V/4.5A tezkor quvvatlash texnologiyasi tatbiq etilgan.

Ayni paytda smartfonning 4/64 GB versiyasi 409 dollar, 6/64 GB talqini – 454 dollar, 6/128 GB versiyasi esa – 530 dollardan sotilmoqda.

Meizu M6s
HD+ aniqligidagi romsiz smartfonda 8 yadroli MT6753 chipi o‘rnatilgan. Devays 3 GB "operativka", 13 MP bosh va 5 megapikselli old kameralar, Android 7.0 operatsion tizimiga ega bo‘lgan. Uning bahosi $150 dollarga baholangan.


Xiaomi Redmi Note 5

Fablet 5,99 dyuymli, 2160x1080 pikselli, ya’ni Full HD+ aniqligidagi ekran, 3/4 GB tezkor hamda 32/64 GB doimiy xotira, 12 MP bosh, 5 megapikselli selfi-kamera, microUSB porti, barmoq izi skaneri, Wi-Fi 802.11n hamda Bluetooth 4.2 LE modullari bilan ta’minlangan, akkumulyatorining sig‘imi esa 4000 mA/soat.

Samaradorlik uchun Snapdragon 625 chipi mas’ul. Ekran va kamerani hisobga olmasak, smartfon Xiaomi Mi A1 modeliga o‘xshab ketadi.

Smartfonning 3/32 Gb talqini $150 dollardan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda.

Huawei Nova 3

Honor V10 taqdimotidan keyin ko‘p o‘tmasdan Nova turkumida Huawei Nova 3 namoyish qilindi. Full HD+ sig‘imli va 6,43 dyuymli ekranga ega smartfon samaradorligi uchun Kirin 670 chipi, 4 Gb operativ xotira va 64 Gb umumiy xotira mas’ul. Akkumulyator sig‘imi 3340 mA soat va tezkor quvvat oladi.

Smartfon 4 ta kameraga ega bo‘lgan: 16 Mp + 20 Mp bosh va 20 Mp + 2 Mp old kamera. Android 8.0 Oreo tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi smartfon bahosi $400 AQSh dollarini tashkil qiladi.


360 N6 Pro

Arzon smartfoni bilan tanilgan yana bir ishlab chiqaruvchining 360 N6 Pro modeli 5 dekabrdan $257 (4\6 Gb), $288 (6\64 Gb) hamda $363 (6\128 Gb) bahosida sotuvga chiqarilgan. Bu narx evaziga 360 N6 Pro 5,99 dyuymli, 2160x1080 pikselli va himoya shishasi bilan qoplangan ekran, shishador korpus, metall rom, Snapdragon 660 subflagman chipi xizmatingizda bo‘ladi.

Devaysda 4050 mA soat sig‘imli akkumulyator, 16 Mp + 2 Mp sensorli bosh kamera, 8 Mp old kamera o‘rnatilgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!