TOP-6: oktyabr-noyabrning yangi smartfonlari

TOP-6: oktyabr-noyabrning yangi smartfonlari

Nokia 2

Nokia 2 diagonali 5 dyuym bo‘lgan, HD (720x1280 pikselli) displey o‘rnatilgan. Gadjet to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 212 protsessorida ishlaydi.

Uning xotirasi esa hamyonbopligiga yarasha: smartfon 1 gigabayt tezkor va 8 gigabayt ichki xotiraga ega. Ammo microSD formatli karta yordamida uning qo‘shimcha xotirasi hajmini 128 gigabaytgacha oshirish imkoni mavjud.

Uning asosiy kamerasi 8, selfi-kamerasi esa 5 megapikselli rasmlar olishga mo‘ljallangan.

Biroq Nokia 2’ning batareyasi 4100 mA/soat sig‘imga ega.

Smartfon Android operatsion tizimining 7.1.1 Nougat talqini boshqaruvida ishlaydi. HMD Global’ning va’da qilishicha, u Android 8.0 Oreo talqinigacha yangilana oladi.

Nokia 2 hozirda bozorda 135 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Xiaomi Redmi 5A

Redmi 4A'ning "merosxo‘ri" eng arzon bo‘lish barobarida, eng kamtar jihatlarga ham ega.

5 dyuymli Xiaomi Redmi 5A apparat ta’minoti uchun taniqli va ishonchdan o‘tgan 4 yadroli, chastota tezligi 1,4 GGs bo‘lgan Snapdragon 425 tanlangan. Hamyonbop model bo‘lgani bois, Xiaomi Redmi 5A HD displey, 2 Gb operativ va 16 Gb doimiy xotira bilan ta’minlangan. microSD yordamida xotirani 128 Gb.gacha kengaytirish mumkin

Metall korpusli Xiaomi Redmi 5A kamerafon emas va unga 13 megapikselli bosh hamda 5 megapikselli old kamera tanlangan. Bu borada uning imkoniyatlari boshlang‘ich darajada.

2 ta SIM-kartali Smartfon kuch-quvvati uchun tok sig‘imi 3000 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul bo‘lgan. $91 AQSh dollariga baholangan gadjetni 20 oktyabrdan boshlab xarid qilish mumkin bo‘ladi.



Oppo R11s

Noyabrning ilk kunlarida birdan mashhur bo‘lib ketgan smartfon ilk kunda 350 ming dona buyurtma qilingan.

Romsiz, 6,1 dyuymli AMOLED-displeyning piksellar sig‘imi yuqori -- 2160x1080! U Gorilla Glass 5 shishasi bilan qoplangan.

Shuningdek, 20 + 16 megapikselli qo‘sh sensorlardan iborat bosh kamera,16 megapikselli old kamera ham diqqatga sazovor.

Snapdragon 660 chipi 8 yadroli va 2,2 GGs chastota tezligida ishlaydi. Gadjetdagi operativ xotira 4 GB, doimiy xotira 64 GB, akkumulyator sig‘imi 3200 mA soat. Batareyani tezkor quvvatlash mumkin. Oppo R11s $500 dollardan boshlab sotilmoqda.


BlackBerry Motion
BlackBerry Motion diagonali 5,5 dyuymga teng ekranga ega, u tirnalishga qarshi Premium Anti-Scratch tizimi bilan muhofazalangan. Displeyning sifati – FHD (1080 x 1920 pikselli).

IP67 guvohnomasiga ko‘ra, Motion yarim soatgacha vaqt davomida bir metrgacha chuqurlikdagi suv ostida «jon saqlay» oladi.

4000 mA/soat sig‘imli batareya Quick Charge 3.0 tezkor quvvatlash texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

BlackBerry brendi telefonlariga Motion modelida yana bir yangilik – Locker funksiyasi kirib keldi. Uning yordamida foydalanuvchilar o‘z fayllari va fotosuratlarini smartfonning PIN-kod yoki barmoq izi bilangina kirish mumkin bo‘lgan ichki xotirasida saqlay oladilar.

BlackBerry Motion narxi 463 AQSh dollari ekvivalentiga tengdir.

ZTE Axon M
Axon M deb nomlanuvchi bu smartfon-transformer ikkita – har bir panelida bittadan 5,2 dyuymli, Full HD sifatli (1920x1080 pikselli) displeyga ega. Uni ikki tomongayam – ekranlarni ichkarida qoldirib ham, tashqarida qoldirib ham buklasa bo‘ladi.

Ochilgan holatida esa undan diagonali 6,75 dyuymli bitta ekranga ega planshet sifatida foydalaniladi. ZTE Axon M transformeri 20 megapiksellik bittagina kameraga ega.

Akkumulyatorining sig‘imi 3180 mA/soatga teng. Smartfon-planshetga Qualcomm’ning o‘tgan yilgi Snapdragon 821 protsessori va 4 GB tezkor xotira o‘rnatilgan. Ichki flesh-xotirasi hajmi 64 gigabaytga teng bo‘lib, uni microSD formatidagi xotira kartasi yordamida kengaytirish imkoni mavjud.

Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, ZTE Axon M tez orada Yevropa, Xitoy, Yaponiya va AQSh do‘konlarida savdoga chiqariladi. AQShda uning narxi 725 dollar qilib belgilangan.

Vivo V7
Vivo V7'ning apparat ta’minoti uchun Snapdragon 450 chipi, 4 Gb operativ va 32 Gb doimiy xotira mas’ul. 5,7 dyuymli, FullView ekranli displeyning piksel sig‘imi HD+ (1440x720 pikselli). Bu ekran old panelning 83,6% qismini egallab olgan. Korpus 4-avlod Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan.

Devaysning akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat. Bosh kamera esa 16 megapikselli (f/2.0 diafragma). Smartfon Android 7.1 Nougat tizimi boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi. microSD orqali doimiy xotirani kattalashtirish mumkin. Vivo V7 barmoq izlari skaneriga, Bluetooth, Wi-Fi va GPS modullariga ega.

Smartfon ayni paytda Osiyoning ba’zi davlatlarida 280 AQSh dollaridan sotilmoqda. Dekabrdan boshlab gadjet ommaviy ravishda bozorlarga chiqariladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.