TOP-8: 2017 yilda Google'da eng ko‘p qidirilgan smartfonlar

TOP-8: 2017 yilda Google'da eng ko‘p qidirilgan smartfonlar

1. iPhone 8
Apple iPhone 8 4.7 dyuymli, LCD matritsali, 750x1334 pikselli ekranga, A11 Bionic chip, M11 motion video kartasiga, iOS 11 operatsion tizimi, 2 GB tezkor / 64 yoki 256 GB doimiy xotiraga, 12 megapikselli bosh va 7 megapikselli old kameraga, simsiz quvvat olish texnologiyasi, suv va changdan himoyalangan korpusga, 2150 mA soat tok sig‘imiga ega bo‘lgan.
"Malika"da 6,437,000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

2. iPhone X
5.8 dyuymli, OLED matritsali, 2436 x 1125 pikselli ekranga, A11 Bionic chip, M11 video kartasiga, iOS 11 tizimi, 3 GB tezkor / 64 yoki 256 GB doimiy xotiraga, 2 ta 12 megapikselli bosh hamda 7 megapikselli old kameraga, simsiz quvvat olish texnologiyasi va Face ID skaneri, suv va changdan himoyalangan korpusga, : 2700 mA soat tok sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan.
"Malika"da 10,701,000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

3. Samsung Galaxy S8
Flagman 5,8 dyuymli, Super AMOLED matritsali, 2960×1440 (WQHD+) ekranga, Qualcomm Snapdragon 835 yoki Samsung Exynos 8895 protsessoriga, 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga, 2 ta sim-karta yoki 1 ta sim-karta va 1 ta fleshka uchun bo‘lmachaga, 12 MP bosh va 8 megapikselli old kameraga, 3000 mA soat sig‘imli "quvvat toshi"ga ega bo‘lgan.
"Malika"da 5,002,000 so‘mdan boshlab sotilmoqda.

4. Nokia 3310
Yangi talqindagi telefonda 2,4 dyuymli rangli displey mavjud. Uning piksel sig‘imi QVGA (320x240)’ga teng. Telefon apparati microSD xotirani kengaytirish fleshkasiga mo‘ljallangan bo‘lmachaga ham ega. Qolaversa, MP3-pleyer orqali musiqa ham tinglash mumkin.
Nokia 3310 2 megapikselli kameraga ega. Bu kamera LED fotochaqnoq bilan ham ta’min qilingan. Qurilma batareykasining sig‘imi 1 200 mA soat. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, uni to‘liq quvvatlab, 22 soat suhbat qurish, 39 soat radio tinglash, “kutish” rejimida 31 kun foydalanish mumkin.
"Malika"da 600 ming so‘mdan boshlab sotilmoqda.

5. Razor Phone
Qualcomm Snapdragon 835 chipi, 8 GB "operativka", 64 GB doimiy xotira (microSD, 256 GB), Android 7.1.1 Nougat operatsion tizimi, 5,7 dyuymli, 2560 x 1440 piksel sig‘imli ekranii bilan bu smartfon o‘ziga xos kuchli texnologiyaga ega bo‘lgan.
Buyurtma asosida olib kelinadi.

6. Oppo F5
To‘liq metall korpusli Oppo F5 6 dyuymli, 2160x1080 piksel sig‘imli ekranga ega. Devaysga Helio P23 protsessori, 4/6 Gb tezkor va 32/64 Gb doimiy xotira o‘rnatilgan.
Oppo F5 orqa paneldagi kameraga 16 megapikselli, bir sensorli kamera o‘rnatilgan. Shu bilan birga, selfi-kamera uchun 20 megapikselli modul tanlangan. Quvvat uchun 3200 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul.

7. OnePlus 5
Smartfon 5.5 dyuymli FHD (1080 × 1920 pikselli) ekran 2.5D effektiga ega Gorilla Glass 5 qayrilma himoya shishasi bilan qoplangan. Ekran Optic AMOLED texnologiyasida ishlaydi.

OnePlus 5 Android 7.1.1 Nougat platformasida faoliyat ko‘rsatadi. Gadjet 64 bitli va 8 yadroli, 2.45 Ggs chastota tezligida ishlaydigan, 1 kristalli ilg‘or Snapdragon 835 protsessori bilan ta’minlangan.

OnePlus 5 smartfoni 6/8 gigabaytli tezkor (LPDDR4X) va 64/128 gigabaytgacha sig‘imli UFS 2.1 standartidagi xotiralarga ega. Uning 3,300 mA soat elektrni jamlaydigan (3T modelidan 100 mA·soat kamroq). akkumulyatori Dash Charge tezkor quvvatlash texnologiyasiga ega.
Yurtimizdagi bahosi o‘rtacha 500 AQSh dollarini tashkil qiladi.

8. Nokia 6
5,5 dyuym, Full HD ekranli smartfonning ekrani qabariq shaklli 2,5D shishasi bilan qoplangan. Qualcomm Snapdragon 430 chipi, 4 Gb tezkor va 64 Gb doimiy xotira (MicroSD bor) xotira, 16 Mp bosh va 8 Mp old kamera, 3000 mA/soat akkumulyatori bilan devays hamyonbop smartfonlar sirasiga kiradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!