To‘rt kamerali, «kemtik»siz va romsiz ekranli Galaxy S10 videosini tomosha qilamiz

  •   DiMaX
  •  2356
  •  26.04.2018 15:52

To‘rt kamerali, «kemtik»siz va romsiz ekranli Galaxy S10 videosini tomosha qilamiz

Samsung kompaniyasi o‘zining Galaxy S turkumidagi navbatdagi flagmanini tayyorlashga allaqachon kirishib ketgan. Korporatsiya hatto Galaxy S10 turkumidagi smartfonlari uchun yanada kuchli Exynos 9820 protsessorini tayyorlayotgani aniqlangan.

O‘QING: Galaxy S10 – skanerli displeyga ega 5G-smartfon protsessori haqida ma’lumotlar chiqdi

Hozircha Galaxy S10’ning tashqi ko‘rinishi va texnik xususiyatlari rasman ma’lum emas, uning faqat turli render-surat va videolari mavjud. Jumladan, mashhur Concept Creator portali dizaynerlari ham Samsung’ning bo‘lajak flagmani qiyofasi borasidagi taxminlarini vizuallashtirishdi. Ya’ni, ular o‘z tasavvurlaridagi Galaxy S10 konsept videosini yaratib, internetga joylashdi.

Mana, qoyilmaqom Galaxy S10 flagmanining konsept videosini birga tomosha qilamiz:

Mazkur videolavha mazkur smartfon haqida tarqalgan mish-mishlarga hamda dizaynerlarning fantaziyasiga asoslangan. Guvohi bo‘lganingizdek, Concept Creator portali dizaynerlari nazdidagi Samsung Galaxy S10 flagmani 6,2 dyuymlik ekran atrofida o‘ta yupqa romlarga ega. Uning korpusi orqa qopqog‘idagi qo‘shaloq kamera yonida fotochaqnoq o‘rin olgan; old kamera ham qo‘sh modulli. Korpusda bizga tanish bo‘lib qolgan Bixby ovozli yordamchasini chaqirish tugmachasi ham mavjud. Zamonaviy USB Type-C portiga ega bo‘lsa-da, flagmanda standart 3,5 millimetrlik audiotirqishdan ham mahrum etilmagan. Dizaynerlar fikricha, Galaxy S10 kamida qora, ko‘k, qizil va tillarang korpuslarda taqdim etiladi.

Shu paytgacha ma’lum bo‘lishicha, Samsung Galaxy S10 hamda S10+ modellari «nihoyasiz» – Infinity Display turidagi, «kemtik»siz ekranga ega bo‘ladi. Ularning ekran o‘lchamlari tegishlicha 5,8 hamda 6,3 dyuymga teng bo‘lishi aytilgan. Barmoq izi skaneri, nihoyat, bu modelda displeyning o‘ziga joriy etiladi.

Tabiiyki, yuqoridagilarning barchasi hali tasdiqlanmagan ma’lumotlardir. Samsung’ning shu paytgacha savdoga chiqarilgan aksariyat smartfonlari esa yurtimizda ham sotilmoqda.

O‘QING: Arzonlashgan va O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladigan Samsung smartfonlari narxlari (2018 yil 26 aprel)