Toshiba 12,5 dyuymli ekranga ega Dynabook V noutbukini taqdim qildi

Toshiba 12,5 dyuymli ekranga ega Dynabook V noutbukini taqdim qildi

Toshiba kompaniyasi Dynabook V seriyasidagi noutbuklar qatorini yana bitta yangi qurilma bilan to‘ldirdi. Yangi model 12,5 dyuymli Full HD displey bilan jihozlangan. Noutbuk, asosan, uy rejimiga mo‘ljallangan.

IXBT saytining yozishicha, model protsessorlarning quvvati bilan farqlanadigan V82, V72, V62 va V42  modifikatsiyalarida tayyorlanadi. Ushbu noutbuk versiyalariga Core i7-7500U, Core i5-7200U va Celeron protsessorlari, 128, 256 va 512 GBli SDD o‘rnatiladi, unga maksimum 8 GB operativ xotira joylash mumkin.

05

Noutbuk Thunderbolt 3 (USB-C porti bilan) interfeysini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, USB 3.0 va naushnik sloti ko‘zda tutilgan. Og‘irligi 1100 gramm. Toshiba Dynabook V 82 va V72 modellarining o‘ramiga stilus ham qo‘shiladi.

Eng qizig‘i, noutbuk avtonom rejimda 17 soat ishlash xususiyatiga ega. Batareyani yarim soat zaryadlab, qurilmadan 7 soat mobaynida foydalanish mumkin. Yangi model keyingi hafta Yaponiyada sotuvga chiqadi, narxi modifikatsiyasiga qarab 1500-2000 dollarni tashkil etadi.