Toshkent IIBB internetga qo‘yilayotgan roliklarni nazoratga oladi

Toshkent IIBB internetga qo‘yilayotgan roliklarni nazoratga oladi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari Internet tarmog‘ida paydo bo‘layotgan huquqbuzarliklar aks etgan roliklarni nazoratga olib, ularda qayd etilayotgan faktlarni tezkorlik bilan o‘rganishmoqda, deb xabar qildi Toshkent IIBB rahbari o‘rinbosari, Tergov qo‘mitasi rahbari Doniyor Toshxo‘jayev.

Toshxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, bu ish huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan doimiy tarzda amalga oshirilmoqda. Roliklarni kuzatish ishlari bilan maxsus xodimlar bilan bir qatorda oddiy tergovchilar ham shug‘ullanishyapti.

"Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari nazariga tushayotgan videoroliklar albatta qayd etilmoqda, ular bo‘yicha surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda. Jinoyat sodir etilganligi aniqlansa zarur tergov tadbirlari boshlab yuborilmoqda", — deb aytgan Toshxo‘jayev.

Huquqni muhofaza qilishi organlari vakillari, shuningdek, elektron pochtaga anonim tarzda yuborilayotgan roliklar ham ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qilishgan. Shu bois, videoda jinoyatchi muhrlanganligi tufayli o‘z hayotidan xavfsirayotgan fuqarolar hech qanday qo‘rquvsiz roliklarni militsiyaga yo‘llashlari mumkinligi aytilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.