«Toshkent shahar telefon tarmog‘i» o‘z mobil ilovasini ishga tushirdi

«Toshkent shahar telefon tarmog‘i» o‘z mobil ilovasini ishga tushirdi

Uztelecom aksiyadorlik kompaniyasining «Toshkent shahar telefon tarmog‘i» filiali o‘z abonentlari uchun sodda va qulay interfeysga ega Android mobil ilova dasturini ishga tushirdi. Bu haqda Mobinfo.uz xabar bermoqda.

Mobil ilova yordamida abonentlar tariflar, Uzonline filiali yangiliklari, IPTV, mahalliy va xalqaro kodlar, kompaniya tomonidan taqdim etilayotgan qo‘shimcha ko‘rinishdagi xizmatlar kodlarini bilib olishlari mumkin.

Abonent ro‘yxat (registratsiya)dan o‘tganidan so‘ng o‘zi duch kelgan muammolarni tezda hal etish uchun ilova orqali shikoyat va takliflari bilan murojaat qilish, shuningdek, kompaniya foydalanayotgan ijtimoiy tarmoqlaridagi aloqa kanallaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ilovadan Android 4.0 va operatsion sistemaning keyingi talqinlari o‘rnatilgan qurilmalar egalari foydalana oladi.

Mobil ilovani Google Play onlayn do‘konidan bepul (8,4 Mb) yuklab olish mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!