Toshkent shahridagi 6ta avtobusda bepul internet paydo bo‘ldi

Toshkent shahridagi 6ta avtobusda bepul internet paydo bo‘ldi

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi UZMOBILE bilan hamkorlikda 11 fevraldan boshlab Toshkent shahar avtobuslarida Wi-Fi yordamida bepul internet taqdim etish bo‘yicha loyihani ishga tushirdi, deb yozmoqda Sof.uz.

Hozircha global tarmoqqa bepul kirish imkoni bir hafta davomida oltita: 10, 14, 24, 28, 51, 95-raqamli shahar avtobusi yo‘nalishlarida taqdim etiladi. Shu bilan bir qatorda, poytaxtdagi barcha avtobuslarni joriy yil yakuniga qadar internet bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, internetga bepul ulanish imkoni bo‘lgan avtobuslar eshiklarida maxsus — Wi-Fi BUS belgilari o‘rnatiladi.

Yo‘lovchi UZMOBILE Wi-Fi tarmog‘iga ulanish uchun quyidagi qadamlarni amalga oshirishi lozim:

1 – abonent (+99895)146-94-34 raqamiga SMS xabar jo‘natishi lozim.
2 – «UZMOBILE Wi-Fi» nomli tarmoqni topish.
3 – olingan maxfiy raqamni maxsus Captive portal portaliga kiritishi (abonent mobil uskunasidagi brauzer ochilganda avtomatik yo‘naltiradi).

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahar ma’muriyati o‘tgan yilda ham bunday loyihani amalga tatbiq etmoqchi bo‘lgan, biroq tajriba haftasidan so‘ng bu ish to‘xtab qolgandi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!