Toshkent shahridagi Inha universitetida Google I/O 2016 dasturchilar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universitetida Google I/O 2016 dasturchilar konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti joriy yilning 22-may kuni Google I/O 2016 Extended IUT konferensiyasini o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston IT jamiyatini Google kompaniyasining innovatsion mahsulotlari va yechimlari bilan tanishtirdi.

Tadbirda ishtirok etgan IUT va boshqa universitetlarning 250 dan ziyod talabalari Google I/O konferensiyasidagi eng yaxshi ma’ruzalar, O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan eng so‘nggi dasturiy ilovalar va yangiliklar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

2008-yildan beri Google kompaniyasi yilning eng yirik Google-tadbiri – Google I/O konferensiyasini o‘tkazib kelmoqda. Mazkur tadbirda minglab dastur ishlab chiqaruvchilar yig‘ilib, Google kompaniyasining so‘nggi dastur ishlanmalari hamda innovatsion yechimlarini muhokama qilishadi. Jumladan, ishtirokchilar Android, Chrome, Chrome OS, Google APIs, Google Web Toolkit, App Engine kabi yechimlarni muhokama etadilar.

IUT talabasi va Google I/O Extended jamoasi yetakchisi Nuruddin Iminoxunovning ta’kidlashicha, Google I/O 2016 Extended IUT konferensiyasi talabalarda ta’lim olishga rag‘batlantirish va yangi ilg‘or texnologiyalar bilan tanishishga qaratilgan. Shu bulan birga, tadbir turli universitetlar talabalari va kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatgan holda, dastur ishlab chiqaruvchilarni yagona hamjamiyatga birlashtirishga, O‘zbekiston IT-bozori rivojlanishiga va mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlarda targ‘ib etilishiga xizmat qiladi.