Toshkentda “Django Girls” dasturi bo‘yicha mahorat maktabi bo‘lib o‘tdi

Toshkentda “Django Girls” dasturi bo‘yicha mahorat maktabi bo‘lib o‘tdi

2017 yilning 26 noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Super Dispatch” O‘zbekistonda birinchi marotaba “Django Girls” dasturi bo‘yicha qizlar uchun bepul mahorat maktabini o‘tkazishdi. Bu haqda universitetning rasmiy saytida xabar berilmoqda.

“Django Girls” – butun dunyo tashabbusi bo‘lib, uning asosiy maqsadi — mahorat maktablarini tashkil etish orqali qizlar orasida, jumladan,  “Python” va “Django” kabi dasturlarni ommalashtirishdir.

2014 yildan beri yer yuzining turli burchaklaridan bo‘lgan 1,22 ming nafar ko‘ngillilar dunyodagi 81 mamlakatning 353 shahrida 544 ta tadbir tashkillashtirishdi. Mazkur tadbirlarda umumiy hisobda butun dunyo bo‘yicha deyarli 12,2 ming nafar ayollar ishtirok etishdi.

Har bir tadbirda 30-70 nafar ishtirokchilar HTML, CSS, Python va Django yordamida o‘zlarining birinchi veb-loyihalarini yaratishadi.

“Django Girls Tashkent” tadbiri “Django Girls” dunyo tashabbusining bir qismi bo‘lib, u qizlarga dasturlash olamini his etish imkoniyatini taqdim etadi.

Tadbirga Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Super Dispatch” kompaniyasi, shuningdek, “Django Girls” xalqaro hamjamiyati tashkilotchilik qilishdi. Loyihani “Ground Zero”, “MyTaxi”, “GitHub” va “Python” qo‘llab-quvvatlashdi.

Mahorat maktabida qatnashish uchun 70 nafardan ziyod qizlar ro‘yxatdan o‘tdi. Ishtirokchilar guruhlarga bo‘lindi, hamda mahoratli mentorlar butun dunyoda “Django Girls” tadbirlarida ishlatiladigan dastur qo‘llanmalaridan foydalanishga ko‘maklashib yuborishdi.

Dars jarayonida ishtirokchilar “Django”, “Python”, “HTML” va “CSS”, shuningdek, “github” loyihasi bilan ishlashni o‘rganib olishdi.

Hilola Umarova, “Django Girls Tashkent” loyihasining tashkilotchisi, qayd etdi: “Loyiha qizlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb qilishga qaratilgan, sababi, mazkur sohada haliyam ayollar soni kam. Mahorat maktabi qizlarga dasturlash judayam oson hamda qiziqarli ekanligini ko‘rsatib berdi”.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.