Tramp Samsung'ga qarshi urush ochdi!

Tramp Samsung'ga qarshi urush ochdi!

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Trampning fikrlariga ko‘ra, koreyalik korporatsiya AQSh Federal Qidiruv Byurosining sobiq xodimlari o‘rtasidagi 50 mingdan ziyod yozishmalarining yo‘qotilishiga sababchi bo‘lgan.

Donald Tramp Samsung korporatsiyasiga qarshi mazkur ayblovni o‘zining Twitter tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

"FQB dagi ikki sevishganlar -- Liza Peyj hamda Piter Strzok o‘rtasidagi 50 mingta muhim xat-xabarlar qani? Bunga aybdor Samsung".

Trampning so‘zlariga ko‘ra, osiyolik kompaniya bir vaqtlar FQB da mas’ul lavozimda ishlagan Piter Strzoka va Liza Peyjning o‘zaro yozishmalarini yo‘q qilib yuborgan ekan.

Hill nashrining ma’lum qilishicha, FQB mutaxassislari hukumatning ikki sobiq xodimi o‘rtasidagi katta miqdordagi xat-xabarlarni aynan Samsung ishlab chiqargan telefon modellarida kuzatilgan dasturiy ta’minot bilan bog‘liq nosozlik bois saqlab qola olishmagan.

Oq uy smartfon ishlab chiqaruvchining aybi nima ekaniga aniqlik kiritmagan.

Fox News ham AQSh parlamentidagi manbasiga suyanib ma’lumot berishicha, Peyj va Strzok o‘zaro yozishmalarida Trampni haqoratlab, prezidentlik saylovlari vaqtida unga qarshi ishlagan maxfiy jamiyat to‘g‘risida gaplashganlar.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!