Turkmanlarga Odnoklassniki, Facebook, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar kerak emas. Ularning “Bi-Bi”si bor!

Turkmanlarga Odnoklassniki, Facebook, Twitter va boshqa ijtimoiy tarmoqlar kerak emas. Ularning “Bi-Bi”si bor!

Turkmanlar ancha ilg‘or. Ular boshqa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni xushlashmaydi. Hatto, VPN’dan ham.

“Orient” nashri Turkmaniston o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirganini ma’lum qildi.

Turkmanlarning ushbu ijtimoiy tarmog‘i “Biz byarde” (“Biz bu yerda”, yoki qisqartmasi “Bi-Bi”) deb nomlangan va bu rasmiy ilk turkman ijtimoiy tarmog‘i hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqning taqdimoti 23 dekabr kuni Turkmanistonning "Turkmaniston" konsert zalida bo‘lib o‘tgan.

Bi-Bi’ni yaratuvchilari loyihaning yaratilishi  tarixdagi muhim qadam ekanligini ta’kidlashmoqda. Shuningdek, ular Bi-Bi hozircha mukammal emasligini, lekin ko‘p jihatdan Turkmanistondagi internet foydalanuvchilari uchun sifatli ekanligini aytishmoqda.

Hozirda Bi-Bi’ning Android ilovasi 5 mingdan ziyod foydalanuvchi tomonidan yuklab olingan va 3 mingdan ortiq internet foydalanuvchisi uni doimiy ishlatmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda internet tezlashgani sezilmaganining sababi aytildi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!