«To‘rt ko‘zli» Oukitel U22: barcha xususiyatlar oshkor bo‘ldi (+video)

  •   DiMaX
  •  1244
  •  15.06.2017 10:56

«To‘rt ko‘zli» Oukitel U22: barcha xususiyatlar oshkor bo‘ldi (+video)

Internet manbalari jahondagi ilk to‘rt kamerali smartfonlardan biri – Oukitel U22’ning barcha xususiyatlarini oshkor etishdi. Bu haqda GizmoChina nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qurilmaning asosiy kamerasi ikkita – 13 hamda 12 megapikselli matritsalarga ega modullardan iborat. Yorug‘lik-diodli chaqnoq mavjud. Smartfonning old yuzasida ham ikkita datchikli – 2 va 8 megapikselli modullarga ega kamera joylashgan.

Oukitel U22’ning «yuragi» – Mediatek MT6580A protsessori. U 1,3 GGs chastotada ishlovchi to‘rtta yadroni o‘z ichiga oladi. Telefonning tezkor xotirasi 2 gigabaytga teng.

Ichki xotirasiga kelsak, smartfon ikki xil versiyada taklif etiladi: 16 va 32 gigabayt hajmli. Qo‘shimchasiga unga microSD xotira kartasini o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Qurilmaning ekraniga kelsak, uning diagonaliga 5,5 dyuymga teng. HD-displeyda piksellar sig‘imi 1280 × 720 nuqtani, tashkil etadi, ya’ni 720r formatiga teng.

Xabarda aytilishicha, Oukitel U22’da simsiz aloqaning Wi-Fi 802.11a/b/g/n hamda Bluetooth 4.0 versiyalari, shuningdek, GPS/GLONASS yo‘ldosh navigatsiyasi tizimi mavjud. Qurilmada Micro-USB porti hamda quloqchin uchun 3,5 millimetrlik tirqish bor.

Oukitel U22 o‘lchamlari 154,2 × 76 × 9,2 millimetrni, vazni esa 188 grammni tashkil etadi. Unga 2055 mA/soat sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan.

Smartfonga Android 7.0 Nougat operatsion tizimi o‘rnatilgan bo‘lishi aytilmoqda. Ammo narxlari xususida hozircha ma’lumot berilmagan.

Ta’kidlash kerakki, mazkur smartfongacha Alcatel Flash mobil aloqa vositasi to‘rtta kameraga egaligi bilan jahonda yagona edi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.