Twitter’ga muhim bir funksiya qo‘shildi

  •   DiMaX
  •  719
  •  03.03.2018 12:14

Twitter’ga muhim bir funksiya qo‘shildi

Shu kunlarda Twitter servisida yangi funksiya paydo bo‘ldi. Endi foydalanuvchi Twitter’dagi xabarni xatcho‘pga – «zakladka»ga qo‘shishi mumkin. Bu xuddi brauzerda internet-sahifa manzilini qo‘shgandek gap.

O‘QING: Bill Geyts: "Bu yil meni Twitter'da ilhomlantirgan 6 tvit"

Yangi funksiyani dastlab iOS tizimida sinovdan o‘tkazib ko‘rishgan, hozir esa u allaqachon har ikkala Android platformasi foydalanuvchilari uchun ham taqdim etilgan.

Xatcho‘pga qo‘shish funksiyasi «DM» tugmachasi ostida joylashgan, foydalanuvchi kerakli tvitni DM orqali yuborishi, xatcho‘pda saqlab qo‘yishi yoki boshqa ilova yordamida ulashishi mumkin.

Saqlab qo‘yilgan xatcho‘plar jildiga esa yon menyu orqali kiriladi. Ta’kidlash kerakki, u yerda xatcho‘plar teskari xronologik tartibda saralanib turadi. Bitta akkaunt doirasidagi xatcho‘plar turli qurilmalar orasida sinxronlashib aks etadi.

O‘QING: AQSh sobiq agenti Twitter'ni sotib olmoqchi: maqsadi esa hayratomuz