Twitter’ning tezkor va “yengil” talqini ishga tushdi

Twitter’ning tezkor va “yengil” talqini ishga tushdi

Twitter mobil qurilmalar uchun o‘zining tezkor — Twitter Lite versiyasini ishga tushirdi. Mazkur talqin asosan rivojlanayotgan mamlakatlar, internet tezligi sekin va trafik narxi qimmat bo‘lgan, hanuz 2G aloqa tarmog‘idan foydalanadigan davlatlar fuqarolariga mo‘ljallangan.

Twitter Lite talqini Google bilan hamkorlikda Progressive Web App formatida tayyorlangan. Ya’ni, bu sayt ilova sifatida ishlaydi. Veb-ilova ham an’anaviy mobil Twitter singari ogohlantirishlar ro‘yxati, shaxsiy xabarlarni izlash va boshqa funksiyalarga ega.

Twitter Lite kam megabayt sarf qilish, video hamda suratlarni ko‘rish yoki ko‘rmaslikni tanlash orqali trafikni iqtisod qilish rejimiga egaligi bilan o‘ziga xosdir. Bu talqinda kontentni yuklab olish 30%ga tezlashib, sayt trafikni 70%gacha iqtisod qiladi. Ishlab chiqaruvchining kafolat berishicha, Lite talqini 3G-internetda ishlaydigan aksariyat qurilmalarda 5 sekund ichida yuklanadi.
Mazkur talqindan foydalanish uchun mobile.twitter.com elektron manziliga tashrif buyuring.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.