Ubuntu bazasidagi Dell XPS 13 sotuvga chiqarildi

Ubuntu bazasidagi Dell XPS 13 sotuvga chiqarildi

Linux Ubuntu dasturini yetkazib berishga ixtisoslashgan Canonical kompaniyasi AQSh va Yevropa mamlakatlarida Dell XPS 13 modelidagi ultrabuk savdolari boshlangani to‘g‘risida xabar berdi. Mazkur ultrabuk Ubuntu 16.04 LTS operatsion tizimida ishlaydi.

Dell XPS 13 modeliga yettinchi avlod Intel Core (Kaby Lake arxitekturasida) protsessori o‘rnatilgan bo‘lib, avtonom ishlash samaradorligi bir necha barobarga oshgan. Bundan tashqari, ultrabukning “pushti tilla” rangli varianti ham tayyorlangan, qurilma Thunderbolt 3 porti va takomillashgan Wi-Fi moduli bilan jihozlangan.

Full HD aniqligidagi ekran o‘rnatilgan ultrabuk versiyasida avtonom ishlash vaqti 22 soatga yetadi, QHD variantida esa bu ko‘rsatkich  13 soatni tashkil qiladi.

Modelning Full HD displeyli, Intel Core i5 protsessori o‘rnatilgan, 8 GB tezkor va 128 GB SSD xotira o‘rnatilgan versiyasi 949,99 dollar narxida hozircha AQSh va Yevropa mamlakatlarida sotuvga chiqarilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.