Ucell o‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulashni yo‘lga qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  9135
  •  03.11.2017 20:57

Ucell o‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulashni yo‘lga qo‘ydi

Avval tutgan uyali telefon raqamingiz uzoq vaqt ishlatilmay turgani sababli o‘chirilgan bo‘lsa, uni o‘z nomingizga qayta rasmiylashtirib olmoqchimisiz? «O‘chirilgan raqamni so‘nggi egasiga ulash» xizmati bilan endi buning iloji bor, deya xabar beriladi Ucell saytida.

Agarda Ucell abonenti bo‘lsangiz, endi sizda ilgari o‘zingizga tegishli bo‘lgan va hozirda o‘chirilgan Ucell raqamini qaytadan ulash imkoniyati bor. Faqatgina raqamning so‘nggi egasi aynan siz bo‘lishingiz kerak.

O‘QING: Ucell yangi raqamli SIM-kartalarni abonentning uyigacha eltib bermoqda

Avvalgi raqamingizni qayta ulatish uchun siz ucell.uz saytida «Xizmatlar» bo‘limining «Raqamni qayta ulash» sahifasida talabnoma qoldirishingiz kerak. Raqamni qidirish va talabnoma tuzish haqida batafsil ma’lumotlar operator saytining shu sahifasida berilgan.

Siz sahifadagi maxsus katakchalarga so‘ralgan ma’lumotlarni kiritishingiz lozim. Agarda barcha ma’lumotlar to‘g‘ri kelsa, shuningdek, ayni damda shu raqam bo‘sh, ya’ni egasiz bo‘lsa, Siz raqamni to‘g‘ri ulash uchun ko‘rsatilgan shartlarga rozilik bildirishingiz kerak bo‘ladi.

Talabnoma rasmiylashtirilganidan keyin esa siz mazkur Ucell raqamini dilerlar ofisida yoki Kompaniya ofislarining birida ulashingiz mumkin bo‘ladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!