"Uch ko‘zli" P20 Pro kutilganidan ancha arzon sotiladi

Shu yilning 27 martida Huawei Parijda 3 ta flagmanini taqdim qilgan edi. Huawei P20, P20 Pro hamda qimmatbaho Mate RS sanoqli kunlar o‘tib turli reytinglarda eng yaxshi smartfonlar deya e’lon qilindi.

Huawei P20 Pro – 3 ta bosh kamera sensori (40/20/8 megapikselli) bilan ko‘pchilikning diqqatini tortdi. Tezda ma’lum bo‘ldiki, bu -- shunchaki reklama yoki marketing uchun qilingan yangilik emas. Yangi smartfonni ishlatib ko‘rgan ekspertlar bu gadjet bozordagi eng yaxshi kamera moduliga ega bo‘lganini aytishdi.

O‘qing: Huawei P20 Pro: Eng yaxshi kamerafonda surat olib ko‘rishdi

Huawei P20 Pro bosh kamerasidagi asosiy sensor 40 megapikselli va bu rangli sensor f/1.8 hajmli aperturaga ega bo‘lgan hamda manzarani 5 karra yaqinlashtirib suratga oladi. Bosh kameradagi ikkinchi datchik 20 megapikselli va manzarani oq-qora suratga oladi. Uning yorug‘lik taqsimlovchi linzasi f/1.6 hajmli.

Uchinchi sensor 8 megapikselli va u telefoto vazifasini bajaradi, ya’ni keng burchakda suratga oladi.

Uning quyi talqini -- bosh kamerasi 2 sensorli bo‘lgan Huawei P20 modelining ham kamerafon sifatidagi imkoniyatlari yuqori baholanmoqda.

Shu kunga qadar uning bahosi ham rasman oshkor qilinmay kelinayotgan edi.

Huawei P20 Pro narxining yuqoriligi ham ko‘pchilikni hayratga solgan edi — 900 yevro, ya’ni 1106 AQSh dollari! Biroq kuni kecha yevropalik yetkazib beruvchilar smartfonlarning bahosini ma’lum qildilar. Yuqori flagman ancha arzonlashgani diqqatga sazovor. Agar nisbatan arzonrog‘i kerak bo‘lsa, ikki kamerali Huawei P20 flagmani ham bor.

Kecha esa hammasi ma’lum bo‘ldi. Misol uchun, 5,8 dyuymli IPS-ekranga hamda Kirin 970 "aqlli" protsessorga ega Huawei P20 Yevropa hududida 780 AQSh dollaridan, 6,1-dyuymli, OLED matritsali, FullHD+ sig‘imli (2240x1080 pikselli) va tomonlar nisbati -- 18,5:9 standartli Huawei P20 Pro modeli esa 950 AQSh dollaridan boshlab sotiladi.

O‘qing: Rasmiy: Huawei P20 Pro — hayratomuz smartfon taqdim qilindi!

Huawei P20 Pro ayni paytda texnik jihatdan eng yaxshi jihatlarga ega bo‘lganini hisobga olsak, bu narx yomon emas. Jumladan, bu flagman iPhone X, Galaxy S9, Xperia XZ2 va boshqa eng ilg‘or devayslar bilan raqobat qila oladi.

Yevropa hududida smartfonlarni eng past narxda Rossiyadan xarid qilish mumkin.

Huawei P20 hamda P20 Pro modellarining qachondan savdoga chiqarilishi ma’lum qilinmagan. Ishlab chiqaruvchi hozircha buni rasman ma’lum qilmagan. Marketologlarning fikricha, Huawei ularni joriy oyda, ya’ni aprelda sotuvga chiqaradi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!