Ultra-yupqa LG Gram noutbuki sotuvga chiqdi

Ultra-yupqa LG Gram noutbuki sotuvga chiqdi

Esingizda bo‘lsa, AQShda o‘tgan Elektronika mahsulotlari ko‘rgazmasida LG kompaniyasi Gram noutbuklari turkumini yangicha talqinda taqdim qilgan edi. Yangilangan noutbuklar tachskrin sensor ekranlarga, yanada uzoqqa yetadigan akkumulyatorga va ilg‘or protsessorlarga ega bo‘lishgan.

26 fevral kuni kompaniya LG Gram 13Z970’ning narxiga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, ekrani sensor bo‘lmagan talqin $999.99 va sensor ekranli talqin $1,099 dollardan sotuvga chiqariladi.

Intel Core i7 protsessoriga ega LG Gram 14Z970 modelining bahosi esa $1,499 dollarni tashkil qiladi. Uning Intel Core i5 protsessoirga ega talqini $1,199 dollardan sotiladi.

Turkumdan o‘rin olgan eng katta Gram 15Z970 noutbuki esa $1,699 dollardan sotiladi. Unga 16 GB tezkor va 512 GB doimiy xotiraga ega Intel Core i7 protsessori, tachskrin sensor ekrani o‘rnatilgan. Hozircha noutbuklar Amazon, Costco hamda B&H kabi elektron do‘konlarda sotilmoqda.

LG’ning press-relizlarida ma’lum qilinishicha, Gram 14 laptoplarini to‘liq quvvatlab, ulardan 23 soatgacha foydalanish mumkin. Ammo, insayderlar to‘la quvvat olgan akkumulyatorda Gram 14 uzog‘i bilan 13,5 soat ishlayotganini aytishmoqda. Ammo, shu vaqtga 5 soatga yetuvchi quvvat to‘playdigan akkumulyatorli noutbuklar chiqargan LG uchun bu katta yutuq.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!