UMS’dan yangi aksiya: «Plyusda bo‘ling!»

  •   DiMaX
  •  6512
  •  24.05.2018 16:05

UMS’dan yangi aksiya: «Plyusda bo‘ling!»

Uyali aloqa operatorlari o‘zlarining sodiq mijozlarini turli aksiyalar bilan xursand qilishda davom etishmoqda. Masalan, bugun – 24 may kuni UMS e’lon qilgan «Plyusda bo‘ling!» aksiyasi shular jumlasidandir.

O‘QING: UMS aksiyasi: katta hajmli kunlik internet-to‘plamlar!

Operator rasmiy saytida xabar berilishicha, «Plyusda bo‘ling!» aksiyasida ishtirok etish uchun abonent o‘z hisobi hamisha musbat holatda bo‘lishiga erishmog‘i, blok holatiga tushib qolmasligi lozim. Abonent ushbu aksiyada ishtirok eta boshlagani haqida operatordan SMS-xabar olganidan keyin o‘z hisobiga e’tiborli bo‘lib borishi yetarli. U abonent to‘lovini o‘z vaqtida to‘lab borsa, raqamining hisobi nolga tushishiga yo‘l qo‘ymasa, tegishli bonusni qo‘lga kiritadi.

«Plyusda bo‘ling!» aksiyasi uch xil turdagi bonuslarga ega bo‘lgan to‘rtta bosqichda o‘tkaziladi. Tegishli SMS-xabar olganidan keyin boshlanuvchi har bir bosqich 30 kunni o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda abonentga 300 megabayt, ikkinchisida 500 MB, uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarda esa 700 megabaytdan bonus taqdim etiladi.

Barcha abonentlar 1-bosqichdan boshlashadi, aksiya shartlarini bajarganlar ikkinchi va keyingi bosqichlarga o‘tib boraveradi. Raqamining hisobi nolga tushib (ya’ni, bloklanib) qolgan abonent yana birinchi bosqichga qaytadi.

«Plyusda bo‘ling!» aksiyasi 2018 yilning 23 may sanasidan to 31 dekabriga qadar amalda bo‘ladi. Bu aksiyada «Asosiy», «Standart», «Optimal», «Optimal+», «Qulay», «Qulay+», «Premial», «Ideal» hamda «VIP» tarif rejalaridagi abonentlar ishtirok etishlari mumkin.

Aksiyaning shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni UMS rasmiy saytidan olish mumkin.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!